TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir.
Ishlatish, foydala nish yoki bosh-
qa narsa uchun naqd holatda.
Tayyor kengroq tushunchaga ega. Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga
xos. Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. U biror
narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi. Taxt so‘zi bu
ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor so‘ziga
nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. Hozir bu ma’noda juda
kam qo‘llanadi.
1. Qanday morfologik vositalarni bilasiz?
2.
-ajak
qo‘shimchasi ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
3.
Yanglig‘, kabi, singari
kabi ko‘makchilardan qaysi birida uslubiy
bo‘yoq kuchli?
4.
-lar
qo‘shimchasining qanday uslubiy ma’nolarini bilasiz?
45-mashq.
Kelishik qo‘shimchalarining belgili va belgisiz qo‘llanishiga
oid misollar tuzing. Ularning o‘rtasidagi uslubiy farqla-
nishlarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |