O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Download 153.67 Kb.
bet1/17
Sana21.06.2023
Hajmi153.67 Kb.
#1638444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-amaliy. Milliy hisoblar tizimi -2.(1)


O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI


1. Milliy hisoblar tuzumi (MHT): asosiy konseptsiyalar, tushunchalar va ko’rastkichlar

MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan.


Bugungi kunda MHT iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar, tasniflar va schetlar tizimidir.
Milliy schetlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’lik makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini mikdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanishni o’zaro bog’lovchi ko’rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga oshiriladi.
MHTning paydo bo’lishi va tarakkiyot bosqichlari.
Milliy hisobchilikka oid nazariy va amaliy izlanishlarning boshlanishi XVII-XVIII asrlarga to’g’ri kelib, F.Kene, G.King, U.Petti, J-B.Sey kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Angliyaning siyosiy arifmetika maktabi namoyondalaridan G.King va U.Pettining asarlarida Angliya va Irlandiya bo’yicha milliy daromad ko’rsatkichiga oid hisoblar mavjud bo’lgan.
XIX-XX asrlarda MHT nazariyasi asoslarining rivoji A.Marshall, DJ.Mill kabi iqtisodichi olimlarning ilmiy ishlari bilan bog’liq bo’lgan.
Ayniqsa XX asr o’rtalariga kelib, zamonaviy MHTning kontseptual asoslarini belgilab beruvchi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlanmalar paydo bo’ldi. A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks kabi olimlarning ilmiy ishlari zamonaviy MHTning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental ahamiyatga ega bo’ldi.
1929-33 yillardagi buyuk depressiyadan so’ng, ko’pgina davlatlar ma’muriyati iqtisodiyotga ta’sir etish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobini takomillashtirish bo’yicha ishlarni amalga oshira boshladi. 1939 yilda Millatlar Ligasi 26 ta davlat bo’yicha hisoblarni o’z ichiga oluvchi Jahon iqtisodiy tahlilini chop etdi.
1947 yilda Millatlar Ligasining Statistika bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan memorandum e’lon qilindi, unga Richard Stoun tomonidan “Milliy daromad va unga bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash va baholash” deb nomlangan ishi ilova qilindi. Bu xujjat MHTning yaratilishiga asos soldi.
1953 yilda BMT tomonidan MHT e’lon qilindi. Bu tizim iqtisodiyotda kuzatish mumkin bo’lgan asosiy jarayonlarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisobini aks ettiruvchi 6 ta schyotdan iborat bo’ldi.
1968 yilda MHTning qayta ko’rib chiqilgan tahriri e’lon qilindi. MHT-68 da iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi schyotlar ikki guruhga ajratildi: joriy va kapital schyotlar, o’z navbatida bu schyotlar: ishlab chiqarish, iste’mol va kapitaldan foydalanish, daromadlar, xarajatlar va kapital xarajatlarni moliyalash schyotlarini o’z ichiga oldi.
1993 yilda fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada milliy hisoblar tizimining yangi standarti kabul qilindi. Zamonaviy MHT – bu milliy daromad va yalpi ichki mahsulot hisobini aks ettiruvchi oddiy jadvallar emas, balki mahsulotlar va fondlarning ishlab chiqarishdan to yakuniy foydalanishgacha bo’lgan oqimlarni, qiymatni sektordan sektorga oqimini aks ettiruvchi modeldir. MHT ni yangi nusxasi MHT BMT -1993 y kontseptsiyasi uy xo’jaligini uy bekalarini xizmatini hisoblashga tavsiya kiladi. Shu bilan birga narkotik modda ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarni ham hisobga olishni tavsiya kiladi.

Download 153.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling