O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi
Download 153.67 Kb.
|
3-amaliy. Milliy hisoblar tizimi -2.(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoliya korporatsiyalar sektori
- Moliya korporatsiyalar sektori
Institutsional birliklar – bu to’liq hisoblar tuplamini tuzib boradigan va xo’jalik yuritishda mustakillikka ega bo’lgan birliklardir.
Institutsional birliklar korporatsiya, uy xo’jaligi, notijorat tashkiloti ko’rinishida bo’lishi mumkin. Korporatsiya – iqtisodiy maqsadi tijorat uchun mahsulot va xizmatlar yaratishdan iborat bo’lgan yuridik shaxs. Uy xo’jaligi – bir erda istiqomat qiluvchi, birga tovarlarni iste’mol qiluvchi va daromadlarini birlashtiruvchi jismoniy shaxslar guruhi. Notijorat tashkiloti – uy xo’jaliklariga notijorat asosda mahsulot ishlab chiqarish xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi birlik. Institutsional birliklar iqtisodiy maqsadi, funktsiyalari, moliyalashtirish manbaiga ko’ra 6 ta institutsional sektorlarga birlashtiriladi. Institutsional birliklarni aniqlash va ularni sektor hamda tarmoqlar buyicha guruxlashtirishdan asosiy maqsad sektorlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish, daromad va xarajatlar okimi, shuningdek, moliya-kredit, aktiv va passivlarni urganishdir. Nomoliya korporatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korporatsiyalar sektori). Nomoliya korporatsiyalar sektorining asosiy vazifasi nomoliyaviy xizmat ko’rsatishdan iborat.Ushbu institutsion birliklarning resurslari asosan mahsulot ayirboshlash evaziga vujudga keladi. Bu sektor uz ichiga turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni oladi: -davlat korxonalari;-xususiy korxonalar;-jamoa korxonalari;-aktsionerlik korxonalari;-kooperativ korxonalar;-xorijiy korxonalar. Moliya korporatsiyalar sektori –tijoratga asoslangan moliya operatsiyalari bilan shugullanuvchi institutsion birliklar (tijorat kredit mahsulotlari). -markaziy bank mahsulotlari-boshqa depozit korporatsiyalar; -sugurta korporatsiyalari. Kredit mahsulotlari uz ichiga tijorat banklarini, kredit beruvchi asotsiatsiya va Jamiyatlarni oladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, taqsimlash va saklash, pul mablaglarini saklash va korxonalar hamda uy xo’jaliklariga kreditlar berish va boshkalardan iborat. Sugurta muassasalari institutsion birligi asosan xayotni baxtsiz xodisalardan sugurta qilishni, bundan tashkari uy xo’jaligi va korxonalar mulkini sugirtalash uchun xizmat qiladi. Download 153.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling