Oʻzbekiston milliy universiteti Biologiya fakulteti


Download 11.7 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2024
Hajmi11.7 Kb.
#1899033
  1   2   3   4
Bog'liq
zologiya dinara 4

Oʻzbekiston milliy universiteti

Biologiya fakulteti

202-guruh oʻquvchisi Ahmadaliyeva Dinaraning Zoologiya fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: Hayot paydo boʻlishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar.

Reja:

1. Hayotning tarifi. Hayot tushunchasi

2. Tarixda olimlarning tiriklikning kelib chiqishi haqidagi fikrlari.

3. Hayot oʻz oʻzidan paydo boʻlishihaqidagi faraz.

Hayotning paydo boʻlishi - tirik organizmlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi qarashlar majmui. [[Hayotning tabiati (qarang [[Hayot), uning paydo boʻlishi toʻgʻrisida har xil fikrlar mavjud. Ilo-hiy kitoblarda tirik jonzotlarni muayyan makon va zamonda maʼlum reja asosida oliy Yaratuvchi tomo-nidan yaratilganligi taʼkidlanadi. Qurʼonda dunyo 6 kunda yaratilganligi yozilgan. Irlandiyalik arxiyepis-kop Asher dunyo miloddan avvalgi 4004-yil oktabrda yaratilganini hisoblab chiqqan. Kreatsionizm taʼlimotiga asosan hayot gʻayritabiiy hodisa natijasida bir marta paydo boʻlgan va oʻshandan buyon oʻzgarmasdan qolgan. Qad. Xitoy, Rim, Bobilda paydo boʻlgan nazariyalarga binoan hayot tabiatda "avjud boʻlgan narsalardan oʻz-oʻzidan (spontan) vu-judga kelgan. Yunon faylasufi Em-pedokl (miloddan avvalgi 490—430 yil) tiriklik havo, tuproq, olov va suvdan; Demokrit (miloddan avvalgi 460—370 yil) hayot loydan; Fales (miloddan avvalgi 625—547 yil) oʻsimlik va hayvonlar balchiqdan paydo boʻlgan, degan fikr bildirishgan.

XIX asr oʻrtalarida fransuz olimi Lui Paster oʻzining mohirona otkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarni oʻz-oʻzidan paydo boʻlmasligini isbotladi.

Ch. Darvin fikriga koʻra, hayot faqat hayot boʻlmagan sharotilardagina kelib chiqishi mumkin. Geteratrof mikroorganizmlar yangi paydo boʻlgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hayot yana yangidan paydo boʻlishi mumkin emas.

A.Levenguknkt mikroskopik organizmlarni kashf etishi bilan mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi qarashlar avj oldi. Ammo italyan tabiatshunosi Spallansani (1765) olovda pishib turgan goʻsht va sabzavot qay-natmasi solinib, ogʻzi kavsharlangan idishni bir necha vaqt kuzatadi va qay-natmada hech qanday hayot izini topolmaydi. Lekin hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi gʻoyasining tarafdorlari ogʻzi kavsharlangan idishga hayotiy kuch tutp-maganligini vaj qilib koʻrsatishadi. Hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlmasli-gini isbotlash uchun L.Paster (1860) tajribada ogʻziga shaklida egilgan nay ulangan kolbada qaynatilgan goʻshtning aynimasligini isbot qildi. Lekin L.Paster tajribasi Hayotning paydo boʻlishib. muammosini hal etib berolmadi; ak-sincha hayotning abadiy mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyaning paydo boʻlishiga olib keldi.


Download 11.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling