Oʻzbekiston milliy universiteti Biologiya fakulteti
Download 11.7 Kb.
|
zologiya dinara 4
Yerda hayotning paydo bo‘lishi va uning dastlabki taraqqiyot davri to‘g‘risida turli gipotezalar mavjud. Tirik tabiat haqidagi fanlar majsuasi biologiya deb ataladi. Biologiya hayotni barcha ko‘rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va notirik tabiat bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat.Biologiya bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot ob’ektiga binoan biologiya botanika – o‘simliklarni o‘rganadigan fan, zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan, odam anatomiyasi va fiziologiyasi – odam organizmining tuzilishi va funksiyasini o‘ragandigan fan, mikrobiologiya – mikroorganizmlarni o‘rganadigan fan, gidrobiologiya – suvda yashovchi organizmlar haqidagi fanlarga bo‘linadi. Biologiya fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Masalan, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, to‘qima va hujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika o‘rganadi. Biokimyoviy va biofizik metodlar ko‘pincha o‘zaro qo‘shilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi, masalan, radiatsion biokimyo, radiobiologiya. Biologik tadqiqotlardan olingan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirishda biometriya, ya’ni biologik matematika katta ahamiyatga ega.Tirik organizmlar tuzilishini o‘rganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan, masalan, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar. Biologiyaning bevosita amaliyot bilan bog‘langan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar o‘rganadi. Insoniy biologik evolyutsiya mahsuli va ob’ekti sifatida antropologiya, ijtimoiy hayot mahsuli sifatida sotsial biologiya o‘rganadi.Hayvonlar va o‘simliklar odamlar uchun oziq-ovqat manbai bo‘lganligi nazarda tutiladigan bo‘lsa, biologiya tarixi odam g‘orda hayot kechira boshlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boshlagan deyish mumkin. Hozirgi zamon biologiya fanining rivojlanishi O‘rta dengiz bo‘yida yashovchi xalqlar (Qadimiy Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinchi bo‘lib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qilishgan. Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy bo‘lmasdan o‘zgarib turishi to‘g‘risidagi materialistik g‘oyani ilgari surgan. Aristotel birinchi bo‘lib hayvonlarni sistemaga solib o‘rganishni taklif etgan. Galen hayvonlarning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tavsirlab bergan birinchi fiziolog - eksperimentator hisoblanadi.Download 11.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling