O’zbekiston Milliy universiteti Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Rashidov Adhamning Mikrobiologiya va Virusologiya fanidan tayyorlagan
Tuproq mikroflorasi haqida malumot
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
mikrobio
2. Tuproq mikroflorasi haqida malumot.
Mikroblar tashqi muhitdagi hamma ob’yektlardan ko’ra tuproqda ayniqsa ko’p bo’ladi. Mikroblar suv va havoga asosan tuproqdan tarqaladi. Tuproqda mikroblarning hayoti va faoliyati uchun organik va mineral moddalar, еtarli namlik, quyosh nurlaridan himoya qilishga o’xshash eng qulay sharoitlar mavjud. Tuproqning turli qatlamlarida mikroblar bir tekis tarqalgan emas. Eng ustki qatlamida mikroblar kam bo’ladi, chunki bu еrda mikroblar kuriydi va quyosh nurlarining ta’sirida tez nobud bo’ladi. еphing 10-20 sm chuqurlikdagi qatlamida mikroblar hammadan ko’prok bo’ladi. еr chuqurlashgan sari mikroblarning harakteri uzgaradi va ularning umumiy miqdori kamaya boradi, 4-5 m chuqurlikdagi tuproq esa deyarli sterilli bo’lishi mumkin. Lekin mikroblar ancha chuqur qatlamlarda ham bo’lishi mumkin. Tuproqning tarkibiga, yoritilish sharoitiga, namlik darajasiga, yil fasllariga, iqlim sharoitiga va omillariga qarab tuproq mikroflorasi miqdor va sifati jihatidan ham farq qiladi. Masalan, taqir, toshloq, qumloq tuproqlarda mikroblar juda kam bo’ladi, haydab quyilgan va ug’itlangan tuproqlarda ayniqsa ko’p bo’ladi. Organik moddalar ko’p bo’lgan еrlarda mikroblarning har xil turlari ko’payishiga qulay sharoit yaratiladi. Ular ayniqsa o’simliklarning ildizida (rizosferada) ko’p miqdorda to’planadi. Tuproqda bir necha million, hatto milliardgacha bakteriya bo’lishi mumkin. 1 g mozor tuprog’ida 19 mlrd bakteriya borligi aniklangan. M. V. Fedorovning ma’lumotlariga ko’ra 1 gektar еphing 25 sm chuqurlikdagi tuprog’idan olingan mikroblarning og’irligi 3 tonnaga еtgan, demak, 1 g tuproqda 5 mlrd bakteriya bo’lgan. Tuproqda ayniqsa sporali aeroblar (Vas. mycoides, Vas. subtilis, Vas. megatherium, Vas. mesentericus va boshqalar), sporali anaeroblar (Vas. eporogeaes, Vas, putrificus va boshqalar), termofil bakteriyalar, pigment hosil qiluvchilar, kokklar (Micrococcus albus va boshqalar) ko’p uchraydi. Tuproqda nitrifikatsiyalovchi, denitrifikatsiyalovchi, azot tuplovchi, oltingugurt bakteriyasi, kletchatkani parchalovchi; mog’or zamburug’lari, achitkilar, sodda hayvonlar va mikroskopik yusinlar bo’ladi. Ularning ayrimlari oziqlarga tushib, ularni bo’zadi. Ayrim tur bakteriya, achitki, mog’or zamburug’larning sof ko’lturasi ajratilib, ulardan antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar va boshqalar tayyorlanadi. Tuproqdagi organik va mineral moddalarning almashinuvida mikroorganizmlar asosiy rol uynaydi; tuproqdagi mikroblarning ta’sirida har yili tuproqqa tushadigan barcha organik moddalar (o’simlik qoldiqlari, mol uligi) oddiy birikmalarga parchalanadi va ular o’simliklar uchun oziq moddaga aylanadi. Tuproq strukturasini va gumusni hosil qilishda mikroorganizmlarning ahamiyati juda katta. Gumus tabiatdagi turli o’simlik birikmalaridan, anaerob va aerob bakteriyalar hamda zamburug’lar ishtirokida hosil bo’ladi. Tuproqda turli-tuman fnziologik gruppalarga mansub bo‘lgan aeroblar, anaeroblar, saprofitlar, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, sellyulozani parchalovchilar, oltingugurt bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan vakillari keng tarqalgan. Yil fasllariga qarab tuproqdagi mikrorrganizmlar soni ham o‘zgarib turadi. Ayniqsa o‘simliklarning ildiz sistemasi atrofida bakteriyalar ko‘p to‘planadi, ularning ko‘pchiligi aerob, tayoqchasimon (Pseudomonas) spora hosil qilmaydigan vakillardir. Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar uglevodlar, organik kislotalarni o‘zlashtiradi va o‘zi ham bir qator vitaminlar sintezlash xususiyatiga ega. Bu vitamynlarni o‘simliklar o‘zlashtiradi. Tuproqdagi organik moddalar parchalanganda bakteriyalarning biotsenozlari almashinib turadi. Avvalgicha tuproqda tez va oson parchalanadigan moddalar bo‘lganda, asosan spora hosil kilmaydigan tayokchasimon bakteriyalarkeng tarqaladi, keyinchalik ularning o‘phini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar egallaydi. Tuproqdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun 1924 yili S. N. Vinogradskiy yangi metod ishlab chiqdi. Uning mohiyati quyidagidan iborat. Ma’lum hajmdagi yoki miqdordagi tuproq suspenziyasidan oltyu mazok tayyorlanadi, so‘ngra u karbol kislotada eritilgan eritrozin bilan bo‘yaladi va mikroskopda karab mikroorganizmlar sonp hisoblanadi. F. N. Germanov bakterioskopik metodni yanada mukammallashtirdi. U tuproq zarrachalariga osh tuzi bilan ta’sir etadi. Natijada tuproq kompleksidan kalsiy va tuproq zarrachasi ichidagi va ustidagi bakteriyalar bo‘shaydi. Bu metod bilan hisoblaganda, 1 g tuproqdagi bakteriyalar soni 10 milliardga еtgan. Tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, еrda bakteriyalar soni ortishini tubandagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. Tuproq hosil bo‘lish protsessida, tirik organizmlarning: bakteriyalar, zamburug‘lar, infuzoriyalar, suvo‘tlar, o‘simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling