O’zbekiston Milliy universiteti Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Rashidov Adhamning Mikrobiologiya va Virusologiya fanidan tayyorlagan


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana06.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1694033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mikrobio

Xulosa: 
Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli-tuman. Eng keng tarqalgani 
prokariotlarga mansub bakteriyalar bo`lib, ular eng sodda va mayda 
organizmlar. Bakteriyalar boshqa tirik organizmlardan farqi bo`lib ularni alohida 
olam Rrocariotae ga kiritiladi. 
Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik 
qoldiqlari va boshqalarda keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—
3 mlrd.gacha Mikroorganizmlar boʻladi. Mikroorganizmlarning oʻlchami 
turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. 
Mikroorganizmlarning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. 
Koʻpgina Mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari 
koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, 
ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, 
baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. 


Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar 
tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar 
tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar 
oʻsimlik
va 
hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan 
mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga 
aylantiradi. Azot toʻplovchi Mikroorganizmlar va tuganak bakteriyalari 
molekulyar 
azotni 
yigʻish 
xususiyatiga 
ega. 
Mikroorganizmlar 
fosfor

azot

uglerod
, oltingugurt, temir va boshqalarning 
tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng 
nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot 
faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “Mikrobiologiya va virusalogiya” D.M.Egamberdiyev 
2. “Umumiy mikrobiologiya” I.Usmonov 
3. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. 
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. 
4. M.Inog‘omova, A.H.Vahobov. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. 
“Universitet” nashriyoti, 2010. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling