O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet19/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Q.x.f.n. KARIMOV M.U.: Avvalombor assalomu alaykum! Agrokimyo kafedrasini dotsenti Karimovman. Talabgorni ishlari kafedrada birinchi marta muhokamada ko‘rilgan. Ushbu ishni 8 oy oldingi muhokamasi bilan bugungi holatdagisini orasida ancha farq bor. Shu 8 oyni ichida bu qizimiz juda ko‘p o‘rganganlar. Savollarga to‘liq javob berishni o‘rganibdilar. Yetuk mutaxassis bo‘lib o‘zlarini ishlarini to‘la bayon eta olish qobiliyatiga ega bo‘libdilar. Mana bugun umuman boshqa ishni ko‘rib turibman. 8 oyni ichida o‘zini ishini mutaxassisi bo‘lib, ishlarini bemalol o‘zlari tushuntirib berdilar. Omadlarini bersin, ilmiy darajaga loyiqlar. Men qo‘llab-quvvatlayman. Salomat bo‘lsinlar.
RAIS: Rahmat. Yana so‘zga chiquvchilar bormi? Zumdagi marhamat. So‘z – kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovichga beriladi.
Q.x.f.d. KOJAMETOV S.K.: Assalomu alaykum hurmatli rais! Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Men professorlar Sattarov va Toshqo‘zievni so‘zlariga qo‘shilaman. Bu mavzu agrokimyoda shu paytgacha qilib kelayotgan ishlardan farq qiladi. Biz o‘g‘itni beramiz, har xil variant qilib har xil nisbatda konsentratsiyasini aniqlaymiz. Tuproqda qanaqa konsentratsiya, tuproq eritmasida qanaqa o‘zgarishlar ketyapti? O‘simlik nimani qabul qilyapti? Nimasi qolib ketyapti? Shu narsalarga shu vaqtgacha e’tibor bermaganmiz. Shuning uchun bu birinchi marta himoyaga olib chiqilayotgan ish hisoblanadi. 60 yildan beri agrokimyo yo‘nalishida ishlayman, ilk bor bu yo‘nalishdagi ishni eshityapman. Shu sababli ham juda ham dolzarb ish. Ammo lekin juda murakkab, o‘rganish ham murakkab chunki bu ko‘p narsaga bog‘liq. Bunga ko‘p omil ta’sir qiladi. Domla N.Ibragimov aytdiki, o‘simlikni ildizi eritmani so‘radi. Shu o‘simlikning ildizini tuproq eritmasini bosimi, o‘simlikni ildizli tuklaridagi osmotik bosimi past bo‘lsa o‘shani oladi. Agar baland bo‘lsa, unda uni ololmaydi. Shuning uchun bu ishning asosiy maqsadi tuproq eritmasini o‘simlikni ildizi shimadigan, normallashtirish holatiga olib kelish. Shunp uddasidan chiqqan qizimiz juda katta ish qilgan deb hisoblayman.
Agrokimyoda antogonizm degan narsa bor. O‘simlik o‘sishda ion-ionga qarama-qarshi tushadi. Kation-kationga qarama–qarshi tushadi. Masalan, talabgor to‘g‘ri aytdi, azotning ikkita shakli mineral holda nitratli va amiakli, ikkalasi ham o‘simlik o‘zlashtiradi. Ammo qanday sharoitda? Tuproqda namlik yaxshi bo‘lgan sharoitda, yaxshi aeratsiya bo‘lsa, o‘simlik birinchi navbatda nitratni qabul qiladi. Agar tuproqda havo yetishmasa, nam ko‘p bo‘lsa azot tuproqda qoladi. Yana bir narsa kationni kationga ta’siri, masalan aytaylik kaliy xlor, natriy xlor ikkalasi ham nitratni bitta pog‘onasi. Shu yerda normal sharoitda o‘simlik birinchi kaliyni o‘zlashtiradi. Natriy tuproqda qolib ketadi. Tuproqda qolib ketgan natriy sababli, tuproq sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi. Shu jihatlariga ham e’tibor berganda yaxshi bo‘lar edi. Bu albatta qiyin narsa, buni bitta dissertatsiya doirasida bajarib bo‘lmaydi. Shuning uchun talabgorni ishlariga muvaffaqiyat tilayman. So‘zga chiqqanlar to‘g‘ri aytishdi, bunday ish tuproqshunoslikda hali qilinmagan. Men bu ishni qo‘llab-quvvatlayman.
RAIS: Rahmat. Yana so‘zga chiquvchilar bormi? Zumdagi marhamat. So‘z – kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Niyazaliev Begali Irisalievichga beriladi.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling