O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERMATOVA M.Q.
- Q.x.f.n. SIDIQOV S.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Lekin yuqori me’yorda qo‘llanilganda osmotik bosim oshib ketsa, u salbiy tomonga o‘zgaradi. Demak ma’lum chegarada bo‘lish kerak. Tushunarli.
Endi avtoreferatingizdagi xulosada antropogen va tabiiy omillar ta’sirida ana shu ko‘rsatkichi ochib berilgan deb yozgansiz. antropogen va tabiiy omillar ta’sirida ko‘rsatkichlarni ochib berganingizni tushuntirib bering. ERMATOVA M.Q.: Antropogen omilda bevosita inson omilining ta’siri nazarda tutilgan, ya’ni o‘g‘it qo‘llash orqali tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi o‘simliklar yaxshi oziqlanishi uchun maqbullashtirilgan. Tabiiy omillarga iqlim sharoiti, masalan yog‘ingarchilik, harorat, tuproq xossalari va boshqalar kiradi. RAIS: Rahmat. Boshqa savol yo‘q. Yana savollar bormi? Onlayn ishtirok etuvchilarda savollar bormi? - (Kengash a’zolari: yetarli). Yig‘ilishda ishtirok etayotganlar orasida savollar bormi? - (Yo‘q). Boshqa savollar bo‘lmasa Munojat marhamat, o‘tirishingiz mumkin. Talabgorning shaxsiy hujjatlari jildida uning ilmiy rahbari – qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Saidjon Sidiqovning yozma taqrizlari mavjud. Ma’lumot uchun qabul qilinadi. Qo‘shimchalaringiz bo‘lsa marhamat. Q.x.f.n. SIDIQOV S.: Assalomu alaykum hurmatli rais! Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Hurmatli ishtirok etayotganlar! Bugun Ermatova Munojat olib borgan tadqiqot ishini yakuniy xulosasi desak bo‘ladi. Ish to‘g‘risida, ishni bajarilishi, qo‘yilgan talablarga qay darajada javob berishi to‘g‘risida xulosada batafsil aytganman. Hozir rais aytganlaridek bir ikki og‘iz talabgor to‘g‘risida aytmoqchiman. Ilmiy kotib Abduvali Iminov talabgorning hujjatlari bilan tanishtirish davomida o‘qib tanishtirdilar. M.Ermatova Oliy ta’limga dastlab agrar universiteti bakalavriaturasida o‘qish uchun kelganlar. Bakalavrni tamomlagandan keyin O‘zbekiston Milliy universitetida magistraturada, undan keyin doktoranturada ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Uni izlanishlarga bo‘lgan intilishi, magistraturada tahsil olish paytida boshlanib, shu mavzu bo‘yicha tadqiqotlarni magistraturani 1-kursidan boshlab amalga oshirib kelgan. Keyinchalik doktoranturani uch yillik muddatida tadqiqotlarini yakunlab, oxiriga yetkazdi. O‘ylaymanki, bildirilgan ishonchni kelgusida oqlab ketadi. Yetuk bir kadr bo‘lib tayyor bo‘ldi. To‘g‘ri, albatta ish bor joyda kamchiliklar bo‘ladi. Yetakchi tashkilot va opponentlar N.Ibragimov va A.Karimberdieva tomonidan bildirilgan taklif va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi ishlarimizda shu xatoliklarni tuzatib, qayta yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilamiz. Dissertantni kelgusi faoliyatiga omad, sizlarga ham katta rahmat. Vaqtlaringni ayamasdan o‘zlaringni bilim va darajalaringdan foydalanib, kamchiliklarni ko‘rsatib, bergan tavsiyalaring uchun hammalaringiz uchun oahmat, sog‘-salomat bo‘linglar. RAIS: Rahmat. Ilmiy rahbarga savollar bormi? – (Yo‘q). Rahmat, o‘tiring. Ilmiy seminarning xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha Ilmiy kengashga kelib tushgan taqrizlar bilan tanishtirish uchun so‘z navbati ilmiy kotibga beriladi. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling