6. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiya natijalaridan keng foydalanish yuzasidan tavsiyalar
6.1. Keng foydalanishni talab qiladi.
RAIS: Hurmatli kengash a’zolari! Qo‘shimcha takliflar bo‘lsa yozma ravishda berishlaringni so‘raymiz. Qo‘shimchalar bilan shu kengash loyihasi qabul qilinsin degan taklifni tasdiqlab berishlaringni so‘rayman.
-Hamma rozi. – Qarshi va betaraflar yo‘q. Rahmat. Qabul qilindi.
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/04.03.2022.Qx.l3.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning
QARORI:
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/04.03.2022.Qx.l3.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi birr martalik ilmiy kengashning bugungi rasmiy himoya va ovoz berish natijalariga ko‘ra «Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari» mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha Ermatova Munojat Qosimovnaga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish uchun qaror qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasidan kengash qarorini tasdiqlab berishni so‘raydi.
Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari, yig‘ilish qatnashchilari! Ermatova Munojat Qosimovnaga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi tasdiqlanganligi bilan tabriklaymiz! Sizni ustozingiz qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent Saidjon Sidiqovni ham tabriklaymiz (qarsaklar).
Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Bugungi Ilmiy Kengashimiz kun tartibiga kiritilgan birinchi masala ko‘rib chiqildi. Bugungi Ilmiy kengashda qatnashgan barcha kengash a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz. Kengash kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan o‘z ishini yakunladi. Kengash ishini olib borish bo‘yicha qanday taklif va mulohazalar bor? - (Kengash a’zolari: yaxshi.)
Hammalaringizga faol qatnashganlaring uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sog‘-salomat bo‘linglar.
Shuning bilan bugungi majlisni yopiq deb e’lon qilaman. E’tiboringiz uchun rahmat!
__________________________________________________________________
ILMIY KENGASh RAISI:
q/x.f.d.,prof. XOLMURODOVA G.R.
ILMIY KENGASh ILMIY KOTIBI:
q/x.f.d., prof. IMINOV A.A.
Stenogrammani
«ETERNAL STAR» XK
stenografi yozib oldi: JO‘RANAZAROVA S.J.
Toshkent vil., 26.06.2023 yil
M.o‘.
Do'stlaringiz bilan baham: |