Dissertatsiyaning unga qo‘yiladigan talablardan qaysi biriga mosligi: Bajarilgan dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiya Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bobi “Dissertatsiyaga qo‘yilgan talablar”ning 8 bandiga muvofiq bo‘lib, talabgor tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga molik bo‘lgan dolzarb ilmiy va amaliy muammolar hal qilingan.
Xulosa. Dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan natijalar o‘zining yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestasiya Komissiyasining “Ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning II bob, 8–bandi talablariga to‘liq javob beradi. M.Q.Ermatova esa 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq.
Dissertatsiya ishini tasnifiy belgilarini ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
DISSERTATSIYaNING TASNIFIY BELGILARI
1. Taqdimot natijalarining xususiyatlari
1.1.Tegishli fan sohasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni yangicha hal qilish
Ma’qulmi? - (Ovozlar: ma’qul).
2. Taqdimot natijalarining yangilik darajasi
2.1. Natijalar yangi.
Ma’qulmi? - (Ovozlar: ma’qul).
3. Taqdimot natijalarining qiymati
3.2. Yuqori.
Ma’qulmi? - (Ovozlar: ma’qul).
4. Taqdimot mavzusining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi
4.2. Mavzu tarmoq dasturiga, Fanlar akademiyasining rejalariga, tarmoqlararo ilmiy texnikaviy majmualar, tarmoqlararo davlat birlashmalari rejalariga yoki tashkilotning mavzulari rejasiga kiradi.
Ma’qulmi? - (Ovozlar: ma’qul).
5. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiya natijalaridan qay miqyosda foydalaniladi
5.3. Tarmoq miqyosida.
Ma’qulmi? - (Ovozlar: ma’qul).
Do'stlaringiz bilan baham: |