F.I.Sh.
|
Ilmiy darajasi, kengashdagi ixtisoslik shifri
|
1
|
Xolmurodova Go‘zal Ro‘ziyevna
(rais)
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
2
|
Shukurov Xushvaqt Mamsaliyevich
(rais o‘rinbosari)
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
3
|
Iminov Abduvali Abdumannobovich (ilmiy kotib)
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
4
|
Saidova Munisa Ergashevna
|
b.f.d., 06.01.04
|
5
|
Sattorov Djo‘raqul Sattarovich
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
6
|
Kojaxmetov Sovetbek
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
7
|
Niyazaliyev Begali Irisaliyevich
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
8
|
Ibragimov Nazirbay Madraimovich
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
9
|
Atabayev Ma’ruf Mahmudovich
|
q.x.f.d., 06.01.04
|
10
|
Sanaqulov Akmal Lapasovich
|
q.x.f.d.dos.,06.01.04
|
11
|
Karimov Muradjan Umarovich
|
q.x.f.n.d., 06.01.04
|
12
|
Kuziyev Jahongir Madaminovich
|
q.f.f.d., katta ilmiy xodim 06.01.04
|
13
|
Toshqo’ziyev Ma’ruf Mansurovich
|
b.f.d., 03.00.13
|
Bugungi Ilmiy kengash majlisida kengashning 13 nafar a’zosidan 11 nafari oflayn, 2 nafar kengash a’zosi onlayn, shu jumladan ko‘rib chiqilayotgan dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha 9 nafar fan doktori ishtirok etmoqda.
Kvorum bor. Kengash o‘z ishini boshlash vakolatiga ega. Majlisni ochish bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? - (Ovozlar: majlis ochilsin). E’tirozlar bormi? - Yo‘q. Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
- Qarshilar? - Yo‘q. - Betaraflar? - Yo‘q.
Ilmiy kengash majlisi OChIQ deb e’lon qilinadi.
Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari!
Bugungi yig‘ilishimiz kun tartibida: Ermatova Munojat Qosimovnaning «Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari» mavzusidagi 06.01.04 – Agrokimyo ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi.
Kun tartibi bo‘yicha Ilmiy kengash a’zolarida qanday takliflar bor? (Kengash a’zolari: tasdiqlansin). Tasdiqlansin, degan taklif tushdi. E’tirozlar bormi? – (Yo‘q). Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
- Qarshilar? - Yo‘q. Betaraflar? - Yo‘q. Rahmat. Bir ovozdan qabul qilindi.
Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari!
Kengash majlisi kun tartibidagi birinchi masalani ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |