O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet6/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Akad. SATTAROV J.: Yana bitta savolim bor. Tuproq eritmasi bilan suvli so‘rimni farqi nimada?
ERMATOVA M.Q.: Suvli so‘rim soddaligi va amalga oshirish tezligi tufayli katta afzalliklarga ega, ammo suvli so‘rim tarkibi etil spirtida ajratib olingan tuproq eritmasi tarkibidan sezilarli darajada farq qiladi. Biz tadqiqotlarda foydalangan Isherekov-Komarova tavsiyasiga asoslangan etil spirti yordamida ajratib olish usulida eritma tarkibi to‘liqroq ajralib chiqadi. Biz tomondan yaratilgan va mualliflik guvohnomasi olingan qurilmada tuproq eritmasi suvli so‘rimga nisbatan to‘liqroq ajralib chiqishiga erishildi.
Akad. SATTAROV J.: To‘liqroq deganingiz necha foiz?
ERMATOVA M.Q.: Etil spirti yordamida tuproq eritmasi 60-70% ajratib olish mumkin.
Akad. SATTAROV J.: Demak tuproq tarkibidagi eritmani 60-70% ni ajratib olsa bo‘ladi.
ERMATOVA M.Q.: Xa, suvli so‘rimga nisbatan eritmani tarkibi to‘liqroq ajralib chiqadi.
Akad. SATTAROV J.: Moskvalik olimlar Tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot institutida tuproq eritmasini ajratib olish uchun metod taklif qilishgan. Ular necha foiz ajratib chiqaradi?
ERMATOVA M.Q.: Ular qo‘llagan usulda ajratib olingan tuproq eritmasi 58 foiznii tashkil qilgan. Lekin bizlarni ajratib olgan tuproq eritmasi tarkibi balandroq bo‘lgan. Shuning uchun shu usulni qo‘llaganmiz.
Akad. SATTAROV J.: Foydalanilgan metodikalarni solishtirishingiz kerak. Sabab hamma mualliflar ko‘proq eritma ajratib chiqarishga harakat qilishgan. Qaysi metod ko‘proq tuproq eritmasini ajratib chiqarishni bilish kerak. Bu endi sizni bilimingizga bog‘liq. Boshqa savolim yo‘q.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Ma’ruf Mansurovich.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Aytingchi tuproq eritmasini ajratib chiqarish uchun qurilma ishlab chiqdik dedingiz. Qurilma ishlab chiqqancha o‘zingiz qaysi usulda tuproq eritmalarini ajratib oldingiz?
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat, ustoz. Bizlar tadqiqot ishlarimizni boshidan boshlab tuproq eritmasini etil spirti yordamida ajratib olganmiz.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling