O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet7/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Tuproq eritmasini ajratib olishning boshqa bir qancha usullari borku, ular qaysilar?
ERMATOVA M.Q.: Tuproq eritmasini ajratib olish uchun koʻpchilik olimlar oʻzlarining usullarini tavsiya etishgan. Masalan tuproq eritmasini ajratib olishning pres, sentrifuga, lizimetr usullari bor. Ushbu usullar bir tomondan ijobiy tavsiflansa ham, bir qator kamchililiklari, jumladan tuproq eritmasini toʻliq siqib chiqarmasligi, yuqori darajadagi quvvat, bosim va harorat talab qilishi kabi nuqsonlari bor edi. Shu bois olimlar bu sohadagi izlanishlarini hozirgacha davom ettirib kelmoqda.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Press orqali ajratish masalasini ham bilasizmi.
ERMATOVA M.Q.: Bir qator olimlar tomonidan tuproq eritmasini press yordamida ajratib olish tavsiya etilgan. Bu usulda bir vaqtda yuqori bosim (3729 kg/sm2) va soʻrib olish qoʻllanilgan. Shu bois ushbu usul ish jarayoni va texnologiyasi murakkab deb topilgan.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Tushunarli. Siz asosan qaysi usuldan foydalanib tadqiqotlaringizni olib bordingiz?
ERMATOVA M.Q.: Biz tadqiqotlarimizda tuproq eritmasini etil spirti yordamida ajratib oldik.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Demak hamma tajribalaringizni bir xil etil spirt yordamida olib borgansiz. Yana bitta savol mana shu tuproq eritmasi bilan shug‘ullangan O‘zbekistonlik olimlarni qaysi ishlari bilan tanishsiz?
ERMATOVA M.Q.: Masalan O‘zbekistonda akademik Jo‘raqul Sattarovichni ishlari bilan ko‘proq tanishdim. Adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha, tuproq eritmasini o‘rganish Rossiyada Y.I.Shilova, N.A.Komarova, M.S.Malinina va T.V.Motuzova, I.N.Skrinikova, S.Ya.Trofimov, Y.I.Karavanova va xorijda D.M.Bonito, M.Ye.Essington, G.Sposito tomonidan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha hududda tarqalgan tuproqlar bo‘yicha juda qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham shu ishlar bilan shug‘ullangan olimlar bor edi-ku. Ularning ishi bilan tanish emasmisiz. N.Zimina o‘rgangan ma’lumotlar bilan siz o‘zingiz olgan ma’lumotlaringizni taqqosladingizmi? O‘zini usulida ham siz aytgandek osmotik bosimni, muvozanatligi, boshqa eritmasini tarkibi o‘rganilgan. Bizlarni tuproq, ekin sharoitida olgan ma’lumotlaringizni, ularni ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rganmisiz?
ERMATOVA M.Q.: Paxtachilik instituti olimi N.Zimina tadqiqot ishlarida tuproq eritmasining osmotik bosimi, muvozanatligini o‘rgangan. Bizning tadqiqotlarimizda bo‘z tuproqlar hamda cho‘l zonasi tuproqlari eritmasi etil spirti yordamida ajratib olingan, sugʻoriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini oʻsimliklar oziqlanishi uchun o‘g‘it qo‘llash orqali maqbullashtirish yoʻllari ilmiy asoslab berilgan.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling