Ermatova Munojat Qosimovnaning «Sug‘oriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari» mavzusidagi 06.01.04 – Agrokimyo ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi.
Falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan.
Talabgorning shaxsi, mazkur kun tartibi bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? - (Ovozlar: tasdiqlansin). Boshqa takliflar bo‘lmasa, ovozga qo‘yaman.
- Qarshilar? - Yo‘q. - Betaraflar? - Yo‘q. Qabul qilindi.
Dissertatsiya avtoreferati uch tilda Ilmiy kengash veb-sahifasi va ZiyoNet axborot-ta’lim portali manziliga joylashtirilgan. Ma’rifat gazetasida e’lon qilingan.
Reglamentni kelishib olsak. Ma’ruzachiga 20 minutgacha, so‘zga chiquvchilar uchun 5 minutgacha reglament vaqtini belgilab olsak, degan taklif tushayapti.
Kim shu taklifga rozi bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib ovoz berishlarini so‘rayman. - Qarshilar? – Yo‘q. Betaraflar? – Yo‘q. Qabul qilindi.
Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Talabgorning hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirib o‘tish uchun so‘z Ilmiy kengash kotibi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Iminov Abduvali Abdumannobovichga beriladi, marhamat.
Do'stlaringiz bilan baham: |