O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERMATOVA M.Q.
- RAIS
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Niyazaliev Begali Irisalievich.
Q.x.f.d. NIYaZALIEV B.I.: Sizni ishingizda tuproq eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda azot har xil me’yorlarda bo‘lgan. Azot 250, 300, shunda tuproq muhiti o‘rganilganmi, qay darajada bo‘lgan? Masalan biror bir pN ko‘rsatkichi o‘zgarganmi? ERMATOVA M.Q.: pN ko‘rsatkichi ma’lumot sifatida dissertatsiya yoki avtoreferatda qo‘ymaganmiz. Keyingi ishlarimizda harakat qilamiz. pN ko‘rsatkichi bilamizki vodorod ionlari hamda OH ionlariga qarab, kislotali yoki ishqoriy muhitliligini ko‘rsatadi. Q.x.f.d. NIYaZALIEV B.I.: Tushunarli. Yana bitta savolim N200 da ham N300 da ham hosildorlik oshib borgan. N300 to‘xtagansiz, shunda hosildorlik ham oshgan. Agar N300 ortiq qo‘llanilganda nima bo‘ladi? Shunga nima deb o‘ylaysiz? N300 yanada oshirsa hosildorlik osharmidi? ERMATOVA M.Q.: Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida shtkazilgan tadqiqotlarimizda N300,P200,K150 me’yorda o‘g‘it qo‘llanilganda, o‘simlik oziqlanishi uchun optimal garoit yaratilgani aniqlandi. O‘g‘it me’yorini ko‘paytirish eritma konsentratsisini ortib ketishi natijasida o‘simlikka salbiy ta’sir qilishi xamda iqtisodiy tomondan ham to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun bizlar ushbu variantda to‘xtaganmiz. RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Ma’ruf Mansurovich. B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Yana bitta savolim bor. Mazkur dissertatsiya ishidan olingan ma’lumotlardan o‘zim uchun ham yaxshi ma’lumotlar olishimiz kerak. Siz yaratgan qurilma yordamida qancha miqdrda tuproq eritmasini ajratib olgansiz?, . ERMATOVA M.Q.: 250 ml eritmadan ajratib olib uning tarkibini aniqladik. B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Shunaqa ishlarni yaxshi bajargansiz. Umuman o‘g‘it qo‘llanilmaganda, tuproq eritmasining konsentratsiyasi qancha bo‘lgan? Turli me’yorda o‘g‘it qo‘llaganingizda tuproq eritmasini konsentratsiyasi qanday bo‘lgan? Bitta ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘rayapman. Ijobiy tomonga ketganmi, salbiy tomonga ketganmi? ERMATOVA M.Q.: O‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat variantida anion va kationlar miqdori kam bo‘lib, tuproq eritmasi konsentratsiyasi past bo‘lgan. N300P210K150 me’yorda o‘g‘it qo‘llanilgan variant tuproqlarining haydalma qatlamida HCO-3-60,7 mg/l, NO-3-12,0 mg/l, NN+4-7,9 mg/l, Ca2+ 49,5 mg/l, Mg2+-37,4 mg/l, Na+- 35,8 mg/l miqdorda uchraydi. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling