O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet11/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

B.f.d. SAIDOVA M.E.: Yana bitta savolim domlani savoli menda ham uyg‘onib turibdi. Ishingizni maqsadi o‘simliklarni oziqlanishi uchun eritmani maqbul miqdorini ushlab turish. Hozir sho‘rlanishni aytdingiz, tuproq eritmasiga sho‘rlanish ta’sir qilmaydimi?
ERMATOVA M.Q.: Tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasi tuproq hosil qiluvchi jinslar, iqlim sharoiti va tuproqlarning sho‘rlanish jarajasiga bevosita bogʻliq boʻlib, boʻz tuproqlar mintaqasi sho‘rlanmagan eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining eritmasi kuchsiz, choʻl zonasining yangidan o‘zlashtirilgan tuproqlariing eritmasi esa oʻrtacha minerallashgan kimyoviy tarkibga ega. Masalan, bo‘z tuproqlar zonasining sho‘rlanmagan tipik bo‘z tuproq eritmasida anionlardan normal karbonatlar profil boʻylab 0,022-0,027%, xlor ioni 0,002-0,003%, sulfat ioni 0,003-0,008% oraligʻida uchraydi. Kationlardan natriy ioni 0,002-0,005%, magniy 0,002-0,003%, kalsiy 0,006-0,010% ni tashkil qiladi. Cho‘l zonasining bo‘z-o‘tloqi tuproqlarida ushbu ko‘rsaikichlar nisbatan yuqori.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Ibragimov Nazirboy Madrimovich.
Q.x.f.d. IBRAGIMOV N.M: Menda shunday savol bor. Dala tajribasining N200P140K100 va N300P210K150 variantlarida hosildorlik 36,3 s va 40,2 s hosil olingan. Shu oradagi 4 s statistika jihatdan tasdiqlanganmi?
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat, ustoz. Olingan hosildorlik, ularning variotsion-statistik tahlili amalga oshirilgan, ko‘rsatkichlar dissertatsiyaning ilovasida keltirilgan.
Q.x.f.d. IBRAGIMOV N.M: Dala sinov tajribasi o‘tkazilgan ikkita fermer xo‘jaligida o‘zi qancha o‘g‘it beradi? Hamda qancha hosil oladi? Shular bo‘yicha ma’lumot bormi?
ERMATOVA M.Q.: Dala sinov tajribasi o‘tkazilgan fermer xo‘jaligida ilgari N250P100K100 me’yorda o‘g‘it qo‘llanilgan. Olib borilgan dala sinov tajribalari mazkur fermer xo‘jaligi garoitida mineral o‘g‘itlarni N250P100K100 me’yorda qo‘llash yaxshi samara berishini ko‘rsatdi.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling