O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet8/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Albatta bu ishni bajargan olim, mutaxassis ilgarigi shu sohada bajarilgan ishlar bilan tanishishingiz kerak. O‘zFA Kimyo institutidan 80-yillarda M.Tilyabov degan mutaxassis ham ishlagan. Tuproq eritmasi bilan shug‘ullangan. Ma’lumotlarida Xorazm tuproq sharoiti o‘rganilgan. Shu bilan ham tanishib olsangiz yomon bo‘lmas edi. Endi muvozanatliligi deganda nimani tushunasiz? Tuproq eritmasini konsentratsiyasi deb yozibsiz-u. Osmotik bosimi debsiz, u ham tushunarli. Muvozanatliligi deganda nimani nazarda tutgansiz?
ERMATOVA M.Q.: O‘zFA Kimyo instituti ilmiy xodimi M.Tilyabov tadqiqotlarida tuproq eritmasini Xorazm viloyati tuproqlari misolida o‘rgangan, unda eritma tarkibi va kgnsentratsiyasiga o‘g‘it qo‘llashning ta’siri yoritilmagan. Tuproq eritmasining muvozanatliligi deganda uning tarkibidagi anion va kationlarni o‘zaro nisbati tushuniladi.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Ana shunday deb aniqroq yozish kerak. Ana endi to‘g‘ri aytdingiz, anion va kationlarni muvozanatliligi tushuniladi.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Kojaxmetov Sovetbek.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Tuproq eritmasidan o‘simlikning oziqlanish jarayonini qisqacha gapirib bering.
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat, ustoz. Tuproq eritmasi-mineral, organik va organomineral moddalarni ion, molekular, kolloid shaklda tutuvchi, erigan gazlarni saqlovchi tuproqning suyuq fazasidir. O‘simlik mana shu fazadan oziq elementlarini o‘zlashtiradi. Oziqlanish jarayonida tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi, konsentratsiyasi va osmotik bosimi muhim ahamiyatga ega.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Uni bilaman, tushunaman. Tuproq eritmasi bor, o‘simlik bor. O‘simlikni ildizi bor, eritmadan ildiz shimadi-ku shuni so‘rayapman.
ERMATOVA M.Q.: O‘simlik ildiz orqali oziq elementlarni tuproq eritmasidan o‘ziga o‘zlashtirishida bir qator omillar, jumladan eritmaning konsentratsisi va undagi ionlarning muvozanatligi, o‘simlikning so‘rish kuchi va boshqalar muhim ahamiyatga ega.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling