O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
ILMIY KOTIB: Assalomu alaykum hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Hurmatli ishtirokchilar! Ruxsatingiz bilan talabgorning shaxsiy hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirib o‘tsam.
Ermatova Munojat Qosimovna - 1990 yil 9 mayda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ijtimoiy kelib chiqishi ziyoli. Ma’lumoti oliy. 2010 yilda Toshkent Davlat Agrar Universiteti “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr, 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Eksperimental agrokimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bo‘limini tamomlagan. M.Ermatova 2010-2014 yillarda Toshkent Davlat Agrar universiteti talabasi; 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti; 2016-2020 yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani 298-o‘rta ta’lim maktabning kimyo fani o‘qituvchisi; 2020-2022 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti; 2022-yildan Toshkent shahar Uchtepa tumani 229-o‘rta ta’lim maktabning kimyo fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ermatova Munojat Qosimovna malakaviy imtihonlarni quyidagi baholarga topshirgan: 1. 06.01.04 - Agrokimyo, 14 noyabr 2022 yil, 74 ball (yaxshi); Guvohnoma № 14112022005; 2. Chet tili (ingliz tili), 25 fevral 2021 yil, 71 ball (yaxshi); Guvohnoma № 38; Ermatova Munojat Qosimovna falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi mavzusi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Ilmiy kengashining 2019 yil 04 dekabr’ №06/62-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy rahbar etib, q.x.f.n., dotsent: Sidiqov Saidjon tayinlangan. Dissertatsiya ishi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi OAK byulletenining 2022 yil 1-sonida chop etilgan (141 bet). Dissertatsiya ishi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Tuproqshunoslik kafedrasining yig‘ilishida muhokama qilingan (2022 yil 26 martdagi № 9-sonli bayonnoma) va Ermatova Munojat Qosimovnaning dissertatsiya ishini ijobiy baholab, uni Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarida” 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilish uchun tavsiya etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan joriy etish ma’lumotnomasi olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22-dekabrdagi № 02/022-5097-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/04.03.2022.QX.13.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishining №2-sonli majlisda muhokama qilingan (2022 yil 21-oktabr № 2-sonli bayonnoma) va Ermatova Munojat Qosimovna tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uni Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/03.03.2022.Qx.13.03 raqamli Ilmiy kengashida 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoyasi asosida himoya qilish uchun tavsiya etilgan.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha jami 17 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy ishlarini chop etish uchun tavsiya etilgan nashrlarda 6 ta, jumladan 3 tasi Respublika va 3 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda hamda 3 ta Respublika va 4 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilingan. Dissertatsiyaning asosiy natijalari bo‘yicha 1 ta guvohnoma nashr etilgan. Ilmiy rahbar q.x.f.n. dotsent Sidiqov Saidjon tomonidan ijobiy taqriz berilgan. Ish bajarilgan tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti. Ermatova Munojat Qosimovnaning shaxsiy jildlarida OAK talabiga binoan barcha hujjatlar keltirilgan E’tiborlaring uchun rahmat! RAIS: Rahmat. Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Talabgorning hujjatlari yuzasidan ilmiy kotibga yoki tadqiqotchiga savollar bormi? - (Kengash a’zolari: savollar yo‘q). Ma’lumot uchun qabul qilinsin, degan taklif tushayapti. E’tirozlar bormi? – (Yo‘q). Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman. - Qarshilar? - Yo‘q. Betaraflar - Yo‘q. Qabul qilindi. Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Dissertatsiya ishining asosiy mazmuni bilan tanishtirish uchun so‘z talabgorga beriladi. Marhamat, reglament 20 minutgacha. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling