O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet9/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: O‘sha jarayon qanday kechadi? Shu jarayon optimal bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak?
ERMATOVA M.Q.: O‘simlikning oziqlanish jarayoni optimal bo‘lishi uchun tuproqqa o‘g‘it qo‘llash orqali tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini optimal xolatini yaratish kerak. Natijada oziq elementlarini ildiz orqali oziqlanishi maqbullanishi hisobiga o‘simlik yaxshi o‘sib, rivojlanadi, hosildorlik ko‘payadi.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: O‘simliklarni oziqlanishi vegetatsiya davrida bir xil ketmaydi. Boshlanishida boshqa, hosil tugishida boshqa va oxirida boshqacha bo‘ladi. O‘sha tuproqni talabiga qarab qanday qilib azotli o‘g‘it berishni o‘rgandingizmi? Vegetatsiya davridagi tuproqni talabiga qarab azotli o‘g‘itni berishni o‘rgandingizmi? Qaysi elmentni qay nisbatda qanday qilib o‘zlashtiradi?
ERMATOVA M.Q.: Vegetatsiya davrining unib chiqish, 3-4 chin barg chiqarish, shonalash, gullash va hosil pishish davrlarida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,. o‘g‘it qo‘llanilgan variantlarda yaratilgan tuproq eritmasining konsentratsiyasiga muvofiq o‘simlikning azot, fosfor va kaliyni o‘zlashtirishi va olib chiqib ketilishi mutanosib ravishda o‘g‘it me’yoriga bog‘liq o‘zgaradi. Ijobiy natija azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni 1:0,7:0,5 nisbatda qo‘llanilganda kuzatildi.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Yaxshi mayli. Agrokimyoda shunday bir termin borki, ionlar ham bir-biriga qarma-qarshi, kationlar ham bir-biriga qarma-qarshi, anion bilan kation ham bir-biriga qarama-qarshi.Tuproq erittmasidan o‘simlikka o‘tishda qaysi elementlar bir-biriga to‘sqinlik qiladi? Qaysi elementlar o‘zlashtiriladi? Ionlarni antogonizmi degan narsa bor. Shuni o‘rgandingizmi? Bu eritma-ku eritmada shular bo‘ladi.
ERMATOVA M.Q.: Ionlar antogonezmi bu ildizdan oziqlanish jarayonida bir ionning ikkinchi ionni o‘simlikka kirishiga to‘sqinlik qilishi tushiniladi. Kelgusi tadqiqot ishlarimizda ushbu jarayonni xam o‘rganamiz.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, biologiya fanlari doktori, dotsent Saidova Munisa Ergashevna

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling