RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Ma’ruf Mansurovich.
B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Hosildorlik ko‘p narsaga bog‘liq. Mana shu ishingizda ko‘rsatkichlarni o‘g‘itlarni me’yoriga bog‘liqliligini aytib bering. Shularni orasida bog‘liqlik bormi, o‘g‘it me’yori oshgan sari eritma konsentratsiyasi ham oshadi. Osmotik bosimi ham yaxshilanadi. Ana shularni ixcham qilib gapirib bering.
ERMATOVA M.Q.: Olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻgʻit qoʻllanilgan variantlarda eng koʻp hosil N 300R210K150 variantida, eng kami esa N 200R140K100 variantida kuzatildi. Masalan, ushbu variantlarda gʻoʻzaning hosildorligi bir gektar hisobiga mos ravishda 40,21±0,83 va 36,33±0,64 sentnerga tengdir. Binobarin bir xil tuproqda oʻgʻitlarning har xil miqdori va nisbatida gʻoʻzaning oziqa muhitiga boʻlgan talabi hamda hosildorligi turlicha boʻlar ekan.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Yana bitta savol bor. O‘simlikni azot bilan oziqlanishini qisqacha gapirib bering.
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat, ustoz. Tuproq unumdorligida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq elementlaridan biri azot hisoblanadi. Azot o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan elementlardan biridir. Tashqi muhitda azot ikki xil shaklda: atmosferada gaz holatida va tuproqda turli organik va noorganik birikmalar ko‘rinishida uchraydi. Azotning mineral birikmalari tuproqdagi umumiy azotning 1-2% ni tashkil qiladi. Tuproqda azotning asosiy qismi organik birikmalardan tashkil topgan. O‘simliklarning azotga bo‘lgan talabini qondirish uchun dehqonchilikda azotli mineral o‘g‘itlar ishlatiladi. O‘g‘it tuproqqa berilgach, dissotsilanib, anion va kationlarga ajraladi. O‘simlik tuproq eritmasidan azotning nitrat va ammoniy shaklidagi qismini o‘zlashtiradi.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Azotni qanaqa formasini bilasiz? Qaysi azot bilan oziqlanadi? Mineral holdagi azotni qaysi turi?
ERMATOVA M.Q.: Tuproqda azotning mineral shakllaridan asosan nitratli hamda ammoniyli azot bor. O‘simlik ildiz tizimi orqali azotning aynan mana shu mineral shakllarini o‘zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |