O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.f.d. SAIDOVA M.E.
B.f.d. SAIDOVA M.E.: Tadqiqot olib borilgan hududlarda tarqalgan tuproqlar tiplarini sanab bering. Masalan qaysi bo‘z tuproqlar tiplari va cho‘z zonasida qaysi tuproq tiplarida va cho‘l zonasida qaysi tuproq tiplarida tadqiqotlar amalga oshiriladi?
ERMATOVA M.Q.: Tuproqshunoslik kafedrasining dala tajribasi maydonida Toshkent siklining lyosslarida rivojlangan o‘rta qumoqli, oziq elementlar bilan past va o‘rtacha darajada ta’minlangan eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. Chirchiq-Angren tuproq okrugi sanalgan Chirchiq-Qorasuv massividagi prollyuvial yotqiziqlarida, paydo bo‘lishi, evolyusiyasi, morfolitogenetik tuzilishi bevosita Qorasuv daryosining faoliyati bilan bog‘liq o‘rta qumoqli, oziq elementlar bilan o‘rtacha darajada ta’minlangan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar tarqalgan. Jizzax cho‘li xududida o‘rtacha madaniylashgan, kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rlangan o‘rta qumoqli, harakatchan shakldagi oziq elementlar bilan past darajada ta’minlangan. yangidan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar tarqalgan. Dala tajriba sinovi o‘tkazilgan fermer xo‘jaliklari xududida tog‘ oldi zonasining delyuviy va to‘rtlamchi yotqiziqlarida hosil bo‘lgan o‘rta qumoqli, oziq elementlar bilan o‘rtacha darajada ta’minlangan eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. B.f.d. SAIDOVA M.E.: Yana bitta qo‘shimcha savolim bor. O‘sha tuproqlarni tajriba qo‘yishdan oldin dastlabki holati tekshirilgan. Ulardagi asosiy oziqa elementlari va gumus bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha bir-biridan farqli ko‘rinishlari bormidi? ERMATOVA M.Q.: Tadqiqot olib borilgan eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning haydalma qatlamida gumus 1,13-1,15%, umumiy azot 0,118-0,113%, fosfor 0,16-0,17% va kaliy 1,50-1,51%, o‘tloqi allyuvial tuproqlarda esa mos ravishda 1,18-1,24%; 0,086-0,101%; 0,17-0,18% va 2,00-2,10%, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda 0,50-0,79%; 0,070-0,080%; 0,10-0,12% va 1,11-1,80% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamlarida nitrat azoti 27,7-28,1 mg/kg, harakatchan fosfor 35,3-35,5 mg/kg, harakatchan kaliy 215,0-220,3 mg/kg ni tashkil qiladi. O‘tloqi allyuvial tuproqlarda esa ularning miqdori nisbatan yuqori. Yangidan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar esa harakatchan oziq elementlar bilan past darajada ta’minlangan.Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling