O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet5/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

ERMATOVA M.Q.: (Tadqiqotchi dissertatsiya yuzasidan slaydlardan foydalanib ilmiy ma’ruza qildi).
RAIS: Rahmat. Dissertatsiya ishining asosiy mazmuni bilan tanishdik. Savol-javoblarga o‘tamiz. Ilmiy kengash a’zolarida kimda qanday savollar bor? Marhamat, kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik Jo‘raqul Sattarov.
Akad. SATTAROV J.: Aytingchi siz bu ilmiy ishni nima maqsadda amalga oshirgansiz? Nima qilmoqchi edingiz? Nima ko‘rsatmoqchi edingiz?
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat, ustoz. Tadqiqotning maqsadi sugʻoriladigan tuproqlar eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini oʻsimliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yoʻllarini ishlab chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun boʻz tuproqlar mintaqasi va choʻl zonasining avtomorf va gidromorf tuproqlarining eritmalari va ularning xossalari aniqlandi, tuproq eritmasini hosil qiluvchi asosiy omillar, ularning oʻzgarishi bilan tuproq eritmasi xossalarini oʻzgarishining asosiy qonuniyatlarini ochish va uni ilmiy asoslab berildi, dala tajribasida tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini turli agrofonlar va oʻsimlikning vegetatsiya davrida oʻzgarishi aniqlandi, tuproq eritmasi kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini gʻoʻzaning fiziologik koʻrsatkichlari va hosildorligiga taʼsiri ilmiy asoslandi, tuproq eritmasini oʻsimlik oziqlanishi nuqta’i nazaridan optimal holatini doimiy taʼminlashni boshqarishning ilmiy asosi ishlab chiqildi.
Akad. SATTAROV J.: IV variant o‘g‘it ko‘p berilgan variantmi, o‘g‘it ko‘p bersa, demak hosil ko‘payar ekan. Shunaqa xulosaga kelganmisiz?
ERMATOVA M.Q.: Dala tajribasining IV variantida mineral o‘g‘itlarning yuqori, ya’ni N300P210K150 me’yorida o‘g‘it qo‘llanilgan, ushbu me’yor tuproq eritmasi konsentratsiyasiga ijobiy ta’sir qilib, hosildorlikni ham oshishiga xizmat qilgan. Agar o‘g‘it me’yori bu me’yordan ortiq bo‘lsa, eritma konsentratsiyasi oshib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling