O’zbekiston milliy universiteti fakulteti
Download 254.34 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
Ko`ngir ko`mir tarkibida 69 % karbon bo`lib, qolgan qismi vodorod, kislorod,
azotdan iborat. U tarkibida o`simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko`mirga o`tish bosqichida to`planadi. U qo`ngir-qora, qo`ngir-jigarrang bo`lib, yahshi maydalanadi. Toshko`mir tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori juda ham kam. Tuzilishi zich, qo`ngir ko`mirga nisbatan qattiq, sirti moylangandek, yaltiraydi, rangi qora, qoramtir kulrang. Antratsit tarkibida 95 % karbon bo`lib, qolgan qismi kislorod va vodoroddan iborat. Uning tarkibida azot juda oz bo`ladi. toshko`mirga nisbatan juda ham qattiq bo`lib, tuzilishi zich va qat-qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo`lib, ko`lga yo`qmaydi. Neft-mutloq himiyaviy tarkibga ega bo`lmagan murakkab, o`ziga hos hidli suyo`qlik. Neft parafin, naftalin va aromatik qatoriga qiruvchi suyo`q uglevodorodlarning aralashmasidan iborat. Bundan tashqari neft tarkibida ozroq oltingugurt, azot, neft kislotasi, suv noorganik moddalar aralshmasi ham bo`ladi. u sargish, yashil, qo`ngir rangli bo`lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft tabiatda tarqalgan hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi. Asfalt (tog simolasi) - qo`ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10% kisloraddan iborat. Zichligi 1 - 1,23 . Rangi qora bo`lib, smoladik yaltiraydi, bitumning hidini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling