O’zbekiston milliy universiteti fakulteti


Tsementlangan cho`kindi jinslar


Download 254.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.01.2023
Hajmi254.34 Kb.
#1104973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Tsementlangan cho`kindi jinslar. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat 
qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan 
oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu 
xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins zarrachalarini 
bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali 
tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi. 
Konglomyerat (shag`altosh) - silliqlangan shag`al, brekchiya - qirrali (sheben) 
jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib 
birikishidan hosil bo`ladi. Xajmiy og`irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 
160 MPa gacha. 
Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, 
kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash 
jarayoniga chidamli bo`ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 
MPa. 
Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo`ladi. Alevrolitlar 
jichlashgan jins bo`lib, suvda ivimaydi va o`z xossalariga ko`ra qumtoshlarga yaqin 
turadi. 
Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo`lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va 
yangi jins hosil bo`lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit 
va boshqa minerallarga aylanadi. 


Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy 
moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, 
qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` 
jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi. 
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar 
orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi 
aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u 
galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan. 

Download 254.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling