O’zbekiston milliy universiteti fakulteti


Download 254.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi254.34 Kb.
#1104973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

 
Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik 
va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, 
shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik 
cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik 
(dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil 
singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar 
esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo`gan zarrachalardan 
tashkil topgan. Tarkibiga ko`ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, 
pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-
maydaligiga ko`ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va 
changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi.
Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq
kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar 
tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik
kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil 
bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni 
bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda 
tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan. 
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla 
sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm 
gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat 
tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va 


shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan 
ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha 
bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish 
xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori 
darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga 
kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi. 
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga 
qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.

Download 254.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling