O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi


Download 347 Kb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi347 Kb.
#1059496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili

Tarixiy tahlil. Bunda tarixiy ashyoviy dalillar va materiallar bilan birga til tarixiga oid tarixiy voqea hamda faktlar ham e’tiborga olingan holda ish olib boriladi.

  • Geografik tahlil.Unda geografik atamalar va geografik shart-sharoitlar e’tiborga olingan holda ilmiy tahlil amalga oshiriladi.

  • Geologik tahlil. Yerning tuzilishi, tabiiy boyliklari bilan bog‘liq nom(toponim)lar, jumladan, Oltin topgan, Qorasuv, Ko‘ksuv kabi nomlar, aniqrog‘i, toponimlar asosan geologik tahlillar asosda avval tahlil etilganligi ilmda e’tirof etilgan.

  • Etnografik tahlil. Ma’lum bir hududda yashovchi xalq, qabila, urug‘larga xos etnoxususiyat, etnomadaniyat va etnopsixologik holatlar e’tirof etilgan tarzda olib boriladigan tahlil hisoblanadi.

  • Psixologik tahlil. Bunda inson Psixologiyasi, jamiyat-tabiat o‘rtasidagi munosabatlar va shunga mos holdagi mavjud ob’ektlarning nomi, nomlanishi asosida olib boriladigan ilmiy tahlillar nazarda tutiladi.

  • Falsafiy tahlil. Nomlarning, shu jumladan, tabiat, jamiyat va insonning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligiga asoslanadigan mantiqiy-likka asoslangan tahlil turi bu falsafiy tahlil sanaladi. Mantiqiy (falsafiy)lik mavjud barcha tahlillarda bor. Masalan, A. Muhammad-jonovning ”Namangan” toponimining etimologiyasi haqida” nomli maqo-lasining 3-betida mantiqiy tahlil to‘g‘risida to‘xtalingan. Demak, aytib o‘tilgan tahlillarda falsafiy tahlil elementlarining bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi.

  • Izohli tahlil. Bunday tahlilda nom (kishi ismi, toponim, kosmonim va boshqa)lar to‘g‘risida dalillar majmui ko‘proq tilshunoslik, ba’zan geografiya fanlarining materiallariga suyanilgan holda sinxron planda olib boriladi. Bunga misol qilib T.Nafasov va N.Oxunovning tadqiqotlari tilshunoslik bo‘yicha izohli tahlilga yo‘naltirilgan bo‘lsa, S.Qorevning tadqiqotlari esa geografiya materiallariga asoslanib olib borilganligini misol sifatida aytib o‘tish o‘rinli.


  • Download 347 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling