O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi


Download 347 Kb.
bet8/10
Sana24.12.2022
Hajmi347 Kb.
#1059496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili

Etimologik tahlil. Unda nomlarga diaxron va sinxron nuqtai nazardan dalillar bilan munosabat bildiriladi. Nomlarning ilk ko‘ri-nishi, shakllanishi, kelib chiqishini asoslab ko‘rsatadigan zamonaviy il-miy tahlil bo‘lib, yuqoridagi tahlillarning ma’lum bir jihatlarini o‘zida birlashtirgan murakkab tahlildir.

Bu tahlil bo‘yicha hozircha tarix fanlari doktori, akademik A.Muhammadjonov va filologiya fanlari dok-tori, professor T.Enazarovning ishlari bor, holos. Ko‘pchilik kitoblarda nom yoki so‘zlarning qaysi tilga oidligi sharhlangan izohlar etimologik ma’lumot, etimologik tahlil namunasi deb aytilishi ham kuzatilmoqda. Ammo ular to‘liq etimologik tahlil emas, balki etimologik tahlil sari tashlangan bir qadam hisoblanadi. Albatta, bunda bahsli o‘rinlar bo‘lsa-da, ulardagi dalillar majmuining o‘zaro muvofiqligi hamda oddiydan murakkablikka qarab boriladigan tahlil etish paradigmasi o‘z ifodasini topgan.
Xullas, “Nomshunoslik masalalari” fanida qo‘llanadigan tahlillar turli fanlarga oid bo‘lgani uchun ham xilma-xil nomlar bilan atalgan bo‘lsa-da, ular uchun bosh mezon ilmiylik hisoblanadi.
Mamlakatimizda yashayotgan 130 dan ortiq millat, elat, qabilalarning nomlash, nomlash an’analari ma’lum bir farqli ko‘rinishlarga egaligi ularga xos nom va nomlashning etnografiyasining rang-barangligini ko‘rsatadi. Nomlarning etnografiyasi uning qaysi hududda tarqalishi hamda qaysi xalq, urug‘, jamoa, qabila tomonidan milliy an’analardan biri sifatida qanday tarzda qo‘llanishi hisoblanadi. Shunga ko‘ra nomlarning etnografik ma’nosi aniq bir ism(nom)ning qaysi xalq, qabila, urug‘da paydo bo‘lishi, farqlab tanlanishi va yangi tug‘ilgan bolaga, yangi hosil qilingan narsa-hodisalarga nom sifatida berilishiga asos, sabab bo‘lgan tushuncha hamda ma’nolarning ifodalanishidir.
Etnografik ma’no(lar) aslida biror bir nom(ism)ning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’naviy, ruhiy ehtiyojni anglatadigan sabab – voqea va urf-odat, rasm-rusum, udumlar, odamlarning, narsa-hodisalarning nomlari vositasida izhor qilinadigan istak va orzular, xohish hamda tilaklari to‘g‘risidagi etnografik ma’lumotlarning majmui mazmunidan tashkil topgan.
Nomlarning shakllanishi, yuzaga kelishi va amaldagi yozuv(lar)da o‘rinli, to‘g‘ri hamda aniq shakllarda berilishi bugungi kunda faqatgina ma’naviy, ma’rifiy, ruhiy-estetik hissiyotlarnigina o‘yg‘otib qolmaydi, balki bular bilan birgalikda bir qator moddiy, amaliy tadbirlarning amalda bajarilishini ham o‘z ichiga oladi.
Xullas, nomlarning etnografiyasi ularning urug‘, qabila, xalqqa xos milliyligini, milliy qadriyatligini anglatishga xizmat qiladi.
Etnomadaniyat tizimida antroponimika - “Nomshunoslik masalalari”ning bir bo‘limi sifatida namoyon bo‘lib, antroponimikada dunyo tillarida va xalqlarida qo‘llanilayotgan kishi ismi, familiyasi, laqabi, taxallusi, nisbasi kabilarning turli sohalardagi qo‘llanish me’yorlari hamda darajasi ilmiy asoslarda olib borilgan tadqiqini kuzatish mumkin. Ancha yillar oldin nashr qilingan bo‘lsa hamki, “Onomastika Vostoka”, “Onomastika i norma”, “Ono-mastika Kalmыkii”, “Onomastika Uzbekistana”, “Materialы konferensi o problemax Azerbaydjanskoy onomastiki” nomli qo‘llanmalarda umumiy va xususiy antroponimikaning dolzarb masalalariga ishonarli dalillar majmui bilan ularning ilmiy tahliliga to‘xtalinganligi ahamiyatlidir.
Antroponimlar - bu kishi nomlari, ya’ni ularning ismi, familiyasi, otasining ismi, taxallasi, nisbasi kabilar hisoblanadi. Ularning majmui esa antroponimiya deyiladi. Har bir inson o‘z nomi bilan atalsagina unga bo‘lgan munosabat aniq sezilishi tadqiqotlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Umuman kishi ismi, familiyasi, taxallusi kabilar keng miqyosda, jahon tilshunosligi darajasida ancha vaqtdan buyon o‘rganilayotgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham tadqiqot ob’ektlari sifatida XX asrning 60-yillaridan boshlab to bugungi kungacha ilmiy va amaliy jihatlardan tadqiq etilmoqda. Antroponimika termini uchta terminga asos bo‘lgan: 1) o‘zbek nomshunosligi masalalarining bir bo‘limi – o‘zbek antroponimikasi; 2) o‘zbek nomlarining yig‘indisi, majmui – o‘zbek antroponimiyasi; 3) o‘zbeklarning nomi, ismi, familiyasi, taxallusi, nisbasini anglatuvchi tushuncha - antroponim.
“O‘zbek toponimikasi”ning tasniflanishi quyidagicha ko‘rinishga ega: 1) o‘zbek oykonimikasi; 2) o‘zbek oronimikasi; 3) o‘zbek etnotoponimikasi; 4) o‘zbek gidrotoponimikasi; 5) o‘zbek fitotoponimikasi va boshqalar.
Toponimlarning etimologik tadqiq etish etnomadaniyatning qadimiy qatlamlarini ochishga har jihatda ko‘mak beradi.
Respublikamizda toponimlarning asl ma’nosini qidirish, ya’ni etimologik tahlili ancha oldindan boshlangan. Ammo u XX asrning 90-yillaridan ilmiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ishda qayd etilayotgan toponimlar lug‘aviy asoslari va etimologik tadqiqining nazariy negizi bo‘lgan omil, tamoyil hamda usullar, shuningdek, bunday tadqiqda ko‘rilgan masalalar onomastik, toponimik tadqiqotlar olib borish uchun aniq masalalar emas, balki bahsli muammolar majmui sanaladi. Fandagi mavjud usul va tamoyillarni qatorlashtirib sanab o‘tishdan ko‘ra, to‘plangan toponimlarga tayanib, tadqiqot mavzuimiz doirasida zarur bo‘lgan yondosh masalalar, omil, tamoyil va usullar haqida to‘xtalish o‘rinli.
Toponimlarni tasnif hamda tavsif qilishdan boshlangan amaliy va nazariy izlanishlardan anglashilib turibdiki, onomastika, shu jumladan, toponimika sohasida har tomonlama to‘g‘ri, ya’ni haqiqatga yaqinligi asoslab berilgan etimologik tahlil hamda tadqiqotlarni amalga oshirish uchun, avvalo, ma’lum bir nazariy to‘xtamga kelish zarur. Shundagina olib borilayotgan tadqiqotlardagi toponimlarning etimologik tahlili mukammallik sari yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Mana shu hollarning o‘zi ham toponimlarning etimologik tadqiqi jarayonida bahsli, munozarali o‘rinlarni oydinlashtirish uchun tilshunoslik, tarix va geografiya kabi fanlarning ularga oid dalillarini e’tiborga olgan holda hali ko‘p ilmiy izlanishlar olib borish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. O‘rxun-Yenisey bitik toshlarida, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari va boshqa yozma manbalarda ham joy nomlari qayd etilgan, qadimdan kishilar joylarni o‘z tillariga xos so‘zlar bilan nomlashgan hamda shu nomlar toponimlar sifatida bugungacha saqlanib qolgan. Toponimlarni o‘rganish, tasnif, tavsif va izohli tahlil qilish bo‘yicha jahonda, shu jumladan, respublikamizda ham bir qancha ishlar bajarilgan. Quyida ulardan eng asosiylariga maxsus to‘xtalishni o‘rinli deb bilamiz.
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy, Mahmud Koshg‘ariylar qadim Turkiston zaminidagi joy nomlarini maxsus qayd etishib, ulardan ba’zi birlarini o‘z zamonasining bilimlari darajasida izohlab berishganini H.Hasanov va S.Qoraev amalga oshirishgan tadqiqotlarida mukammal tarzda bayon etishgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida berilgan so‘zlar va ularga oid izohlar toponimlarni ilmiy nazariy va ilmiy amaliy jihatlardan o‘rganishda alohida ahamiyatga ega. Bu lug‘at mamlakatimiz toponimlaridagi ba’zi bir tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘z va ma’noli qismlarning izohlarini topishda, shuningdek, toponimlarning etimologik tahlilidagi bahsli o‘rinlarga aniqlik kiritib, joy nomlarining etimonlarini ko‘rsatishda, XXI asrdan turib, o‘n asr oldingi onomastik tizim haqida ma’lumot beradigan noyob manbalardan biri.
Shu bilan birgalikda bugungacha toponimlarning etimologik tadqiqi usullari mukammal holda ishlab chiqilmagan. Onomastik atamalarning, jumladan, toponimlarning etimologik tahlili hamda tadqiqi yuzasidan bahs, munozaralar bo‘lishiga sabab: bunday birliklarni tadqiq qilishning nazariy asoslari hamda amaliy qimmatga molik usullari har tomonlama o‘ylanmagan va ilmiy-amaliy jihatdan dalillanmaganligidir.
Ba’zi bir joy nomlariga o‘rganilgan mavzuga ma’lum ma’noda aloqador bo‘lgani uchun tavsifiy mazmunda izohli va etimologik sharhlar berilgan tadqiqotlar jumlasiga S.Ibrohimov, A.Ishaev va Sh.Nosirov kabi olimlarning ishlarini qayd etish lozim.
Umumlashtirib aytganda toponomika – etnos ongning tarkibiy qismidir.
Xulosa
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o’zo’zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqyelik sha’n, qadrqimmat, obro’e’tibor, ornomus orqali namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Hayotning ma’nomazmuni, maqsadini tushunib yetish, o’zlikni anglashdan boshlanadi, Milliy g’oyada uning negizlari mujassam bo’lganligi uchun ham o’zlikni anglashga xizmat qiladi va birbiri bilan uzviy bogliq
«O’zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, naslnasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligamizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman», deydi I.A.Karimov.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish. davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o’zida mujassam etgan milliy g’oya atrofida jipslasha olishi, o’zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga ham bogliq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o’git berganlaridek: "Birliksiz kuch bo’lmas". Binobarin, "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" qurishdek ulug ish, avvalo, o’zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o’zligini anglash omili alohida o’ringa ega. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek: "Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va ximoyachisiga aylanadi. Demokratiya, fukarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson xak%ukuklari va erkinliklarini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Shundagina inson o’z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fukarosi bo’la oladi"1.
Bunda tilga olingan insoniy fazilatlar insonning ma’yaviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyat esa fikr, so’z va iSh birligida namoyon bo’ladi. O’zligini anglamagan odamda imon va e’tiqod zaif bo’ladi.
"Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" g’oyasida muekassam bo’lgan milliy g’oya oddiy da’vat emas, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanmog’i uchun, u o’zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olmog’i va yashash tamoyiliga aylanmogi lozim.
Demak mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish davrida o’zlikni anglashning o’ziga xos ko’rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo’lmaydi.

Download 347 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling