O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi
Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi
Download 347 Kb.
|
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kish-kesh-kash
Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi.
Ilm -fan hamsha inson hayotida muhim bir ahamiyat kasb etib kelgan. U insonning modiy va ma’naviy rivojining bevosita sababchisi hisoblanadi. Toponimka ilmi ham insoniyat madaniy hayotining uzviy bir qismi sanaladi. Badiiyroq qilib aytganda, joy nomlari tarixning zabon bitgan guvohidir. Chunki joy nomlarining yuzaga kelishi butun bir tarixni, butun bir bir xalq, elat, milllatning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Toponimika (yun. topos – joy +onyma – nom). Ya’ni joy nomlari –toponimlarni o‘rganadigan fan. 1. Biror joyning, hududning geografik nomlari (aholi punktlari, daryo, ko‘l va boshqa nomlari) majmui. Toshkent toponimikasi. Toponimika lug‘ati. 2. tlsh. Leksikologiyaning geografik nomlarni o‘rganadigan bo‘limi.1 Inson o‘zi yoki o‘zga yashab turgan biror manzilni ma’lum bir nom bilan atay boshlagandan beri toponomiyaga oid fikr, qarashlar vujudga kelgan deb aytishimiz mumkin. Har bir inson o‘z ismi yoki biror shaxs ismining lug‘aviy ma’nosini bilishga qanchalik qiziqsa, o‘zi yashab turgan, tug‘ilib o‘sgan manzil – makonning nomi ham bilishga shu darajada qiziqadi. Etnomadaniyatda tasodifiy hodisa bo‘lmaganidek, ajdodlar tomonidan atab qo‘yilgan nomlar ham shunchaki bir favquloddagi narsa emas, balki ularning aksariyati yetti o‘lchab - bir kesilgan donishmandlik, topqirlik nishonasidir. Masalan, sohibquron bobomiz Amir Temur tavallud topgan ko‘hna Kesh-Shahrisabz shahri nomi ham bundan holi emas. Bu qadimiy shahar o‘rta asrlar va undan oldin Kesh nomi bilan mashhur bo‘lgan2. XIV asrdan boshlab Shahrisabz deb atalgan. Z.M.Bobur “Boburnoma”sida “Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xo‘b sabz bo‘lur uchun Shahrisabz ham derlar”3 degan ta’rifi shahar nomining mag‘zidir. Shahrisabz yashil shahar, daraxt va o‘t-o‘lanlari, ko‘katlari ko‘p shahar, ko‘kalamzor –bog‘-rog‘larga boy shahar. Shu bois uni ajdodlar yashil shahar deb atashgan. Kesh esa undan qadimiy bo‘lib, Kish-kesh-kash so‘zi suv va tog‘ bilan bog‘liq ob’ektlarni bildiradi. Kish-kesh-kash so‘zining qadimiy ma’nosi –tog‘, balandlik. Qadimiy qo‘rg‘onlar baland joyda qurilgan. Ozorboyjon toponimisti S.M. Mollazadening aqilashicha, ozarbayjon tilining dialektlarida kesh komponenti keshgal, keshkel (kichik ariq), keshalma ( ho‘l bo‘lmoq) so‘zlari bo‘lib, ular oqmoq, oqib chiqmoq ma’nosidagi kesh-kish fe’li va oqim, suv oqimi ma’nosidagi kesh-kish kabi tarixiy so‘zlarning zamonaviy shaklidir. Kuba dialektida kesh so‘zi ikki tog‘ orasidagi suv oqar joyni anglatadi. Qadimiy Kesh shahri Oqdaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, ikkinchi tomonida Tanqas daryo oqib o‘tishi va Hisor tog‘i bilan xalqasimon o‘ralgan kabi omillar bu fikr to‘g‘riligiga ma’lum darajada ishora beradi4. Umuman Prezidentimiz ta’kidlaganidek; “Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g‘oyat qutlug‘ maskandir. Jahon madaniyati betimsol namoyandalarining zuvalasi mana shu tuproqdan olingan. Lekin bu el-yurtni butun dunyoga mahur etgan, dog‘iini taratgan zot, shubhasiz, sohibqiron Amir Temur bobomizdir”5. Download 347 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling