O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi


Tarixiy joy nomlari, etnotoponimlarning qadriyat sifatida o‘zlikni anglashdagi, xalq xotirasini jonlantirishda ahamiyati


Download 347 Kb.
bet6/10
Sana24.12.2022
Hajmi347 Kb.
#1059496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili

Tarixiy joy nomlari, etnotoponimlarning qadriyat sifatida o‘zlikni anglashdagi, xalq xotirasini jonlantirishda ahamiyati.

Qiyosiy-tarixiy tadqiq shuni ko‘rsatadiki, eng qadimgi aholi maskanlarining nomi bir so‘zdan iborat bo‘lgan. Davr o‘tishi bilan bu so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘zlar qo‘shilgan. Shu tariqa qadimgi nomlar yuzaga kelgan. Nomning asosidagi dastlabki so‘z shu joyning turini ifodalagan. O‘zbekiston aholisi azaldan eroniy va turkiy tilli bo‘lganligi sababli aholi maskani turini anglatuvchi so‘zlar ana shu tillar leksikasiga mansubdir: kat, kent, diz, hisor, deh, metan, kuran, kasaba, baland, duvon, chim-chem, baliq, qo‘rg‘on, qal’a, o‘rda, rabot, man-mayn va h. Bu so‘zlar nomlar tarkibida tovush va morfema o‘zgarishiga uchragan, ma’nolarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Ayrimlarining ma’nosi unutilgan, iste’moldan chiqib ketgan. Ular nutqda joy nomlari tarkibida saqlanib qolgan. Bu so‘zlar appelyativ leksikada har biri o‘ziga xos ma’noga ega, onomastik leksikada esa ma’nolari bir-biriga yaqin, bir xil funksiyani bajargan, aholi punktlari nomi yasashda “qo‘rg‘on”, “turarjoy” ma’nosini bildirgan.
Aholi yashov maskani nomi ilmiy tilda – oykonim, ularning majmui oykonimiyadir. Oykonimlarni tadqiq etadigan soha oykonimika deb ataladi.26
Toponimlarda etnosning tarixi, madaniyati, qadiriyatlari o‘z ifodasini topadi. Shu bois ular chuqur ilmiy tahlilar tayanmasdan o‘zgartirish mumkin emas. Zero, Muhtaram Prezidentimiz keltirganlaridek: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o‘rganib chiqishi va tartibga solishi zarur. Chunki ijtimoiy ob’ektlarga nom berish – bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak27.
Aksariyat toponimlarda ma’lum urug‘ning nomlari bilan ataladi. Shuningdek har bir toponim haqida ozmi ko‘pimi rivoyalar mavjud. Shuning uchun toponimik afsona va rivoyatlarning nashrga tayyorlashda quyidagi prinsplarga tayanish har jihatdan maqsadga muvofiqdir:
1) Joy nomlari bilan aloqador og‘zaki hikoyalarni nashrga tayyorlashdan avval to‘plangan matnlarning janr mansubiyatini belgilamoq kerak. Afsonalar voqelikni uydirmalar vositasida, o‘ta fantastik ruhda bayon qilishi, rivoyatlar esa hayotda haqiqatdan ham bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqidagi hikoyalardan iborat bo‘lishi, ya’ni janrlarning poetik belgilari tasnifga asos qilib olinadi.
2) Toponimik afsona va rivoyat matnlari qanday yozib olingan bo‘lsa, shundayligicha, “badiiy ishlov” berilmasdan nashrga tayyorlanadi. Badiiy matnda aytuvchining shevaviy leksik xususiyatlari saqlangan holda qolgani ma’qul.
3) Har bir afsona bir necha xil ko‘rsatkichlar bilan ta’minlanadi. Aytuvchining nomi, familiyasi, yoshi, yashash joyi, ma’lumoti, material yozib olgan vaqt va to‘plovchi haqidagi ma’lumotlar to‘la keltiriladi.
4) Ayrim toponimlar haqida xalq orasida bir necha xil afsonaviy talqinlar mavjud bo‘ladi. Shu bois muayyan joy nomi bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarning bir nechta varianti yozib olinishi ham mumkin. bunday hollarda badiiylik darajasi, syujetning mukammalligiga ko‘ra to‘laroq bo‘lgan matn nashrga tayyorlanib, qolgan variantlarning asosiy nusxadan farqli o‘rinlari ilovada ko‘rsatiladi.
5) Afsonadagi tarixiy, etnografik, mifologik, jug‘rofiy va diniy tushunchalarga, ma’nosini keng kitobxonlar ommasi bilishi qiyin bo‘lgan ibora va atamalarga matn ostida izoh berib boriladi.
Umuman olganda toponimik afsona va rivoyatlar muayyan joy nomining kelib chiqishi sabablarini tushuntirib berish maqsadida yaratilgan. Bunday og‘zaki hikoyalarni o‘ziga xos “xalq etimologiyasi” deb ham ataydilar. Odatda toponim ma’nosining afsonaviy talqini uning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berolmaydi. Toponimik afsona yoki rivoyat syujeti asos bo‘lgan “xalq etimologiyasi”ning talqilari o‘quvchilarni yanglishtirmasligi uchun har bir matn so‘nggida nashrga tayyorlayotgan asarda so‘z yuritilgan joy nomining kelib chiqishi sabablarini ilmiy-nazariy jihatdan izohlash kerak.
Xullas, toponimik afsona va rivoyatlar o‘zbek xalq nasri badiiy rivojining ikki bosqichiga mansub janrlar namunasi sifatida baholanishi, bunday matnlar joy nomlari ma’nosini tushuntiradigan ilmiy manba emas, balki xalq badiiy tafakkuri mahsuli deb qaralishi maqsadga muvofiqdir.28
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyotga o‘tishi bilan jamiyatimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalarda yangi vazifalar kun tartibiga qo‘yildi. Bu borada ilm-fan taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega. Jumladan, tarix faniga alohida etibor berilib yangi talablar belgilandi. “Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi irodani mustahkamlaydi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, - deb yozgan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q” asarida.29 Shu nuqtai nazardan joy nomlar etnos xotirasining ajralmas qismidir.
Etnos tarixi va madaniyati bilan aloqadorlikda bo‘lgan joy nomlarini tahlil qilishda quyidagi soha ilmlariga tayanish har jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, etnomadaniyatni tushunishda, uning mohiyatini ochishda zabon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan:


  1. Download 347 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling