O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi
O‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni yengilmasligi
Download 347 Kb.
|
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili
O‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni yengilmasligi.
Shahar, qishloq, mahalla, guzar nomlari respublika joy joy nomlari sistemasida eng qadimiy atamalar sanaladi. Tarixiy manbalarda shahar, qishloq nomlari ko‘proq qayd etilgan. Yozma manbalarda uchraydigan va nutqda hozir qo‘llanlayotgan nomlar lingvistik tarixiy-qiyosiy yo‘nalishda, tarixiy, geografik, etnografik, adabiy ma’lumotlar asosida tahlil qilish ko‘p jihatdan maqsadga muvofiqdir. Qiyosiy-tarixiy tadqiq shuni ko‘rsatadiki, eng qadimiy aholi maskanlarining nomi bir so‘zdan iborat bo‘lgan. Davr o‘tishi bilan bu so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘zlar qo‘shilgan. Aholi yashov maskani nomi ilmiy tilda –oykonim, ularning majmui oykonimiyadir. Aholi yashov maskanlari nomini sistema sifatida o‘rganish qishloq nomining lingvistik va nolingvistik tabiati to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi. Joy nomlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish mustaqillik bois yanada kuchaydi. Eng muhim mustaqillik sharofati bilan joy nomlari oid tarixiy adolat qaror topdi. O‘zbekistonda joy nomlarini o‘rganish dolzarb vazifalar qatoriga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 30 avgustdagi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasini hal etish to‘g‘risid” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Xalqimiz milliy mustaqillikka erishish arafasida ma’naviyat bobida shunday tanazzulga kelib qolgan ediki, hatto tarix ko‘zgusi bo‘lmish ko‘hna joy nomlari ham sho‘roviy nomlar bilan almashtirib tashlangan, bu ish tez suratlar bilan muttasil davom ettirilmoqda edi. Masalan, Tonkentning Ko‘kcha dahasidagi 13 asrlik tarixga ega Shayx Zayniddin bobo qabristoni “Viloyat” qabristoni deb, bu qabristondagi xilxonalar esa “Mikoyan xilxonasi”, “Litvinov xilxonasi”, “Avangard xilxonasi” deb yangicha nomlangan edi, chunki bu atrofdagi mahallalarga sobiq Toshkent shahar ijroiya komiteti qaroriga ko‘ra shunday nomlar berilgan edi. Ijroiya komitetid esa o‘z tarixiga befarq qarovchi, milliy g‘ururi sust kishilar rahbarlik qilishardi. Nafaqat mahallalar, balki poytaxtimizdagi tumanlar ham sho‘rolarga xos nmlar bilan atalardi: Oktabr, Lenin, Frunze, Kirov, Kuybishev, Narimonov. Shahimiz ko‘chalari-yu maydonlari bo‘ylabsayr qilib lavhalarga ko‘z tashlasangiz, O‘zbekistonning poytaxtida turganingizga ishonmay qolardingiz. Deyarli to‘qson foiz ko‘cha va maydonlarning nomlari ovro‘pacha va sho‘rocha edi. Toshkentning xalqaro darvozalari hisoblanmish aeroport yoki temiryo‘l vokzalidan shaharning biror manziliga borar ekansiz, ko‘cha va maydonlarning nomlariga ko‘ra o‘zingizni begona yurtda yurgandek his qilardingiz. Masalan aeroportdan Do‘rmon qishlog‘iga Xmel’nskiy, Sapyornaya, Lenin, Stalin, Marks, Lunacharskiy ko‘chalarini, Teatral’naya, Sapyornaya, Lenin, Revolyusiya skveri, Pushkin, Gorkiy maydonlarini bosib o‘tar edingiz. Haykallar ham shu tahlitda edi. Temiryo‘l vokzalida poezddan tushib, shaharga ilk qadam qo‘ygan kishining ko‘zi dastlab “Turkistonlik” 14 komissarga o‘rnatilgan haykalga tushardi. Haykalning nomi shunday bo‘lsa-da, aslida ularning hech birini ko‘hna Toshkentga aloqasi yo‘q, ular bol’shovaylarning komissarlari, sho‘roviy niqobdagi ashaddiy mustamlakachilardan edilar. Bunday holat butun respublikamiz viloyatlarida ham mavjud edi. Qishloq tumanlariga Orjonikidze, Kalilin, Voroshilov, Kirov, Frunze, Moskva kabinomlarni qo‘yish boshlanib ketgandi. Sho‘rolar qon tusi bo‘lmish qizil rangni ayniqsa yoqtirishari: “Qizil tong” fabrikasi, “Qizil qo‘shin” mahallasi, “Qizil Sharq” kolxozi, “Qizil partizan” sovxozi va shu kabilar. Toshkentdagi Mashhur maydonga tahassub qiluvchilar Toshkentning bosh maydonini og‘iz to‘ldirib “Qizil maydon” deb atardilar. Albatta, millatning gullari bo‘lmish ziyolilar orasida bunday holatga murosasiz bo‘lganshaxslar ham bor edi. Lekin ularning dami ichida edi. Kurashga chiqish uchun yetakchilik qiluvchi kuch, mard va shijoatli yo‘lboshchi yo‘q edi. Xalqimiz shunday simoni sirtida emas, dilida orziqib kutardi. Boshqacha aytganda, hali tarixiy sharoit yetilmagandi.6 Toshkent 20 asrdan ortiq tarixga ega. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentning eng qadimgi nomi “Choch” bo‘lgan. Milodiy sakkizinchi asrning boshidan boshlab, arab manbalarida “Shosh” deb atalgan. Aslida “Shosh” degani ham “Choch” deganidir. Chunki arab alifbosida “ch” harfi yo‘qdir. Ilk o‘rta asrlarda Toshkent “Shosh”, “Choch”, “Shoshkent”, “Madaniyati ash-Shosh”, “Binkat” va “Tarkan” deb ham nomlangan. Shahrimiz “Toshkent” nomi bilan dastavval Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarida tilga olingan. Toshkent degani toshdek mustahkam shahar deganidir.7 Toponimlar lingvistik asosda izohlanadi: toponim asosidagi so‘zning qaysi tilga oidligi, qanday o‘zak va morfemalardan iboratligi, ularning apelyativ leksika va toponimika sathidagi ma’no xususiyati, yuz bergan lingvistik (tovush, yasalish, morfologik) o‘zgarishlar, nominatsiya prinsiplariga asoslanadi.8 Ba’zi toponimlarni o‘rganish natijasida ajdodlar madaniy merosiga doir tarixiy, geografik, etnografik ma’lumotlar kelib chiqadi. Zero etonmadaniyatni mohiyatini ochishda va uning yangi materiallar bilan boyitishda toponimik tadqiqotlar ham muhim o‘rin tutadi. Bunday izlanishlar orqali o‘lkaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid ma’lumotlar olish mumkin. Ular Vatanga muhabbat, o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. Toponimlar tarixini yoritish orqali biror hududning o‘tmishidagi tabiiy sharoiti, madaniy faoliyat turlari, siyosiy holati, etnik jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin.9 Respublikamiz poytaxti – Toshkent shahri o‘zining 20 asrlik tarixi davomida juda ko‘p voqealarning shoxidi bo‘lgan. Bu voqealarning aksariyati shahar joy nomlari ro‘y hatida o‘zining o‘chmas tamg‘asini qoldirgan. Ularning aksariyati esa tarix silsilasi jarayonida izsiz yo‘qolgan. Kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari shahar toponimlari ichida uzoq tarixlarga borib taqaladi. Bularga misol qilib Degrez mahalla, Kulolgaron mahalla, Zargarlik, Mahsido‘z, Pichoqchi, Parchabof, Taqachi, Temirchi, Charxchi, O‘qchi, Kallaxona kabilarini ko‘rsatish mumkin. Toshkentning o‘n ikki darvozasi bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar ham uzoq moziy mahsulidir: Qiyot darvoza, Turklar darvozasi, O‘zbek darvozasi, Taxtapul darvozasi, Qorasaroy darvozasi, Chig‘atoy darvozasi, Sag‘bon darvozasi, Ko‘kcha darvozasi, Kamondoron darvozasi, Qangli (Beshog‘och) darvozasi, Katog‘on darvozasi kabilar bunga dalildir. Turkiston Chor hukumati tomonidan bosib olingach, so‘ngra oktabr’ to‘ntarishidan so‘ng, shuningdek, zilziladan keyin Toshkentda o‘zbek xalqi va tili bilan aloqasi bo‘lmagan joy nomlari ko‘payib ketgan edi. Yangi nomlar eng avvalo qurilgan uylar, korxonalar, zavod-fabrikalar qurilgan ko‘cha larga qo‘yila boshlandi. Shahardagi muvaqqat joy nomlari ichida qo‘shtirnoq ichidagi qo‘yilgan Leningrad, Volgograd, Brest, Sevastopol’, Kiev, Novorossiysk, Moskva kabi “Qahramon shahar” nomlari bor edi. O‘zbek xalqining o‘tmishi bilan bog‘liq joy nomlari o‘rniga proletariatning “dohiylari”: K.Marks, F.Engel’s, V.I.Lenin, “otashin inqilobchilar”: Sverdlov, Shaumyan, Babushkin, Kirov, Frunze, Kuybishev, Orjonikidze, Shchors kabi nomlar qo‘yila boshladi. Muvaqqat nomlarning ko‘payishiga o‘sha davrdagi ijtimoiy hayotda yuz bergan voqealar, “shonli sanalar” va bayramlar ham sababchi bo‘lgan: Hujum, Oktabr’ X yilligi; O‘zSSr 50 yilligi, 1 may, Partiya 20 s’ezdi, Komsomol 40 yilligi, 9 may, 8 mart, 5 dekabr’, kabi joy nomlari bunga misol bo‘ladi. Yangi nomlar boshqa joylarda ham mavjud bo‘lgan eski nomlar o‘rninga ham qo‘yila boshlandiki, bu esa takroriy nomlarning ko‘plab paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada joy nomlaridagi qisqalik, o‘ziga xoslik, milliylik, betakrorlik ifodadagi lisoniy qonuniyatlar buzila boshlandi. O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishgan kundan boshlab, xalqimiz ma’naviyati bilan uzviy bog‘liq tarixiy nomlar qaytadan tiklanayotir. Tarixiy nomlar xalqimizning uzoq kechmishini o‘zida aks ettiradi. Ular ajdodlarimiz bosib o‘tgan og‘ir, mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni doimo esga solib turadi, yosh avlodni voyaga yetkazishda yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi.10 Yuqorida keltirganimizdek Toshkent O‘zbekiston Respublikasining poytaxti, ko‘p asrlik tarixga ega va uni uni yoritishda joy nomlarining ham o‘ziga xos ahamiyati bor. “Toshkent hammamiz uchun avvalo mustaqil davlatimizning go‘zal poytaxti,mamlakatimizning yuragi, ta’bir joiz bo‘lsa, Vatanimizning muqaddas ostonasidir. Johon ahli uchun ona diyorimiz bilan tanishuv avvalombor ana shu ostonadan boshlandi”, - degan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.11 Uzoq tarixiy davr mobaynida turli tarixiy va tabiiy jarayonlar ta’sirida Toshkent shahri topografik va toponimik jihatdan o‘zgarib borgan. Ushbu o‘zgarishlarni davriy jihatdan tadqiq etish shahar tarixini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixiy davrda shaharning o‘zga xos tarixiy toponimik qiyofasi yaralgan. Masalan, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent hududi kengaygan va uning hududida yangi joy nomlari paydo bo‘lgan. Ushbu holat 1967 yil Toshkent Turkiston general-gubernatorliging markaziga aylantirilganligi bilan bog‘liq. Mazkur davrda Anhor arig‘idan Salor kanaligacha bo‘lgan yerlarda yevropaliklar uchun yangi shahar bunyod etilib, unda radial xalqa tizimida ko‘cha lar o‘tkazilgan, aholining turar joylari bilan birga turli muassasalar uchun binolar qurilgan. Ularga yevropacha (asosan, ruscha) nomlar berilgan. Ayni vaqtda Toshkentning Eski shahar qismida ham yangi muassasalar tashkil topib, ba’zi ko‘cha larga nomlar berilgan. Shag‘ar hayotida kechgan o‘zgarishlar, undagi joy nomlari soning ortib,ba’zan o‘zgarib borishiga olib kelgan. Mazkur davr shaharning o‘ziga xos tarixiy rivojlanish bosqichini tashkil qiladi va undagi toponimlarni alohidatadqiqot sifatida o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda Toshkent shahrining tarixiy toponomiyasiga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy tadqiqotlar mavjud va ularni uch guruhga ajratish mumkin: 1) XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid izlanishlar; 2) 1920-1990 yillarda olib borilgan tadqiqotlar. 3) O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida chop qilingan ilmiy ishlar. Birinchi guruhga A.P.{oroshxinning “Ocherki Tashkenta” maqolasi12, M.A.Terent’evning “Istoriya zavosvaniya Sredney Azii. S kartami i shkalami” kitobi13, P.Pashinonning “Turkestanskiy kray v 1868 godu.”14, Skaylerning “Turkestan” asari15 kabilarni kiritish mumkin. Ularda Toshkentning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga, turli joy nomlariga doir ma’lumotlar uchraydi. N.G.Malliskiy “Tashkentskie maxalya i mauza”16, H. Hasanov “Markaziy Osiyojoy nomlari tarixidan” va “Yer tili”17, M.Ye.Masson “Proshloe Tashkenta”18, A.R.Muhammadjonov “Qadimgi Toshkent”19, S.Qoraev “Toponimiya Uzbekistana”20, A.O‘rinboev, O.Bo‘riev “Toshkent Muhammad Solih tavfsifida”21 kabi tadqiqotlar ikkinchi guruhiga, ya’ni 1920-1990 yillarda yozilgan asarlarsirasiga kiradi.mazkur ilmiy izlanishlarda Toshkentning XIX asr oxiri – XX boshlariga oid toponimiyasiga doir ma’lumotlar mavjud. Uchinchi guruhga, ya’ni mustaqillik yillarida nashr qilingan tadqiqotlar qatoriga S.Qoraevning “O‘zbekiston viloyatlari toponimlari”22, J.Ismoilovaning “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkentning “yangi shahar” qismi tarixi”23, shuningdek, “Toshkent shahri va viloyati toponimlari muammolari” – ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalari to‘plamidagi bir qancha tadqiqotlarni kiritish mumkin. Jumladan: M.Safarov, H.Tohirov “Toshkent shahridagi muvaqqat joy nomlarining paydo bo‘lishi va ularning salbiy oqibatlari”, L.Vaxrusheva “Mikrotoponimiya v ensiklopedii “Toshkent”, O.Bo‘riev “X-XVI asrlar yozma manbalarida Toshkent shahri va viloyati toponimiyasi”, T.Nafasov “Toshkentning toponimlarini o‘rganishning bir usuli”, Z.Arifxanov “K voprosu toponimiki Tashkentskix maxalya v XIX v.”, J.Jalilov “Ko‘hna Toshkentning yani toponimlari”, A.Muhammadxonov “Joy nomlari – tarixiy manbadir” X.Bo‘rieva “No‘g‘onqo‘rg‘on etnotoponimi xususida” va boshqalar.24 Ushbu tadqiqotlarda Toshkent shahri hududidagi toponimlarning xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur kitobda Toshkentning XIX asr oxiri - XX asr boshlarida shahar hududidagi tarixiy toponimiyasi tadqiq etilib, shahar toponimlari tavsifiy, nomlanish qonuniyatlari, ba’zi xususiyatlari, tarixiga doir ma’lumotlar keltirilgan; shuningdek, shahar hayoti bilan bog‘liq sur’atlar va ayrim joy nomlarining etimologiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarixiy toponimik lug‘at qismidan o‘rin olgan.25 Shahar, qishloq, mahalla, guzar nomlari respublika joy nomlari sistemasida eng qadimgi atamalar sanaladi. Tarixiy manbalarda shahar, qishloq nomlari ko‘proq qayd etilgan. Yozma manbalarda uchraydigan va hozir qo‘llanayotgan nomlar lingvistik tarixiy-qiyosiy yo‘nalishda, tarixiy geografik, etnografik, adabiy ma’lumotlar asosida tahlil qilish muhim ahmiyatga ega. Download 347 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling