O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi


Shu tariqa milliy o‘z-o‘zini anglash millat manfaatlarini himoya qiluvchi moddiy kuchga aylanadi


Download 347 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi347 Kb.
#1059496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili

Shu tariqa milliy o‘z-o‘zini anglash millat manfaatlarini himoya qiluvchi moddiy kuchga aylanadi.
O‘zbek millati taraqqiyotida milliy o‘z-o‘zini anglash jarayoni chor imperiyasi bu o‘lkani bosib olgandan keiyn o‘z mustaqilligi uchun kurashlarda, sho‘rolar tuzumi sharoitida o‘zligini saqlab qolishga bo‘lgan harakatlarda moddiy kuchga aylanib keldi. U o‘zbek millatining o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin o‘z-o‘zini anglashi ikki yo‘nalishda sobiq sho‘rolar davrida toptalgan urf-odatlarini, qadr-qimmatini, qadriyatlarini tiklash va ma’naviy meroslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan harakatlarda va yangi adolatli demokratik huquq ustivorligiga asoslangan jamiyat qurish bilan bog‘liq bo‘lgan islohatlarni o‘tkazish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishdagi umummilliy harakatlarda namoyon bo‘lmoqda.
Etnomadaniyat o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy xotira-ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi, qadrlanishi. Inson o‘zining tarixiy xotirasiga ega bo‘lmasdan turib, xayotida bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning mohiyatini tushuna olmaydi. O‘z kelajagini to‘liq tasavvur etmaydi.
Tarixiy xotiraga birinchi marta yunon faylasufi Aristotel o‘zining xotira va estaliklar haqida “ asarida kengaytirilgan konsepsiyani ilgari suradi. Uning fikricha xotira insonga xos, fikrlay oladiganlarga xos” deb aytgan edi.
Yangm zamon davrida Gobbs, Lokk tajriba muammolari, dushman, zararli g‘oyalar haqida ta’limotni tanqid qilish jarayonida xotira haqida ham to‘xtaladi.
Xotira haqida birinchi ekspremental tadqiqotni nemis psihologi G.Ebbingauz (1885), AQShlik E.Gorndayk, Dj.Uotson tadqiq qilgan.
Nemis psihologlari E.Gering (1870), R.Zemon (1904) va E.Bleyler (1931) xotirani tadqiqi qilishga intildilar. Sobiq ittifoqda L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontev, P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, P.P.Blonskiylar ham xotira haqida ham to‘xtalib o‘tganlar.
Umuman olganda tarixiy xotiraning roli katta. Shu sababdan ham I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. Tarixiy xotira, madaniy merosning shakllarini va rivojlanishi uchun asosiy manba vazifa vazifasini bajaradi. Xuddi shuning uchun ham, hamma zamonlarda xalqning, millatning tarixiy xotirasini mustahkamlash yurtning buyuk allomalari, davlat arbobolari diqqat e’tiborida bo‘lgan.
Tarixiy xotira insoniyatning barcha ajdodlari ruhini, ya’ni ularning fikrlari g‘oyalari va e’tiqodlari, orzulari va istaklarini o‘zida mujassamlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham, insonning ruhiy-ma’naviy yetukligi, uning tarixiy xotirasi bilan bog‘liq.
Tarixiy xotirani tiklash, uni chuqur bilish o‘tmishni to‘g‘ri tushunishga, bugungi milliy mustaqilligimizni e’zozlashga, avaylab asrashga, buyuk kelajagimizni to‘g‘ri, odilona belgilab olishimizga, yorqin yo‘limizga yordam beradi. Avlod-ajdodlarimizning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy imkoniyatlar milliy boylik bo‘lib, insonlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.
O‘zlikni tanish tarixni bilishdan boshlanadi. “Yetti pushtingni bilgin”, deydi dono xalqimiz. Shuning uchun ham qadimgi Xitoy donishmandlari insonni gavdasi oldinga yuzi esa ortga qaragan holda tasvirlanganlar. Ya’ni ularning nazdida insoniyat kelajak sari intilar ekan, o‘tmishni doimo yodda saqlamog‘i shart.
Turkiston o‘lkasini o‘z mustamlakasiga aylantirgan Chor Rossiyasining generali M.G.Chernyaev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirilgan fikri buning yorqin dalilidir: “Bu yerda har qanday qo‘shinni to‘zg‘atib yuboradigan bir qudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmish xotirasi... Demakki, turklarning birgina o‘zini yengish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini ham yengmoq kerak”.

Download 347 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling