O’zbekiston milliy universiteti fakulteti yo’nalishi
Milliy o‘z-o‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan uzviy bog‘liq
Download 347 Kb.
|
milliy go\'ya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida tarixiy xotira etnotoponimlar o\'zlikni anglash omili
Milliy o‘z-o‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan uzviy bog‘liq. Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida o‘zlikni anglash masalasi turlicha talqin etilgan. Inson jismining o‘tkinchiligi, ruhining esa abadiyligi (cherkov otasi Avgustning “jon ruh uchun qafasdir”, degan fikrini eslang) masalasini zohiriy (dunyoviylik nuqtai nazaridan) talqin etganlar inson o‘zligini dunyodan yuz o‘girib, yolg‘izlikda ibodat bilan kun o‘tkazgandagina, oddiy so‘z bilan aytganda, tarki dunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar.
Bahoviddin Naqshband inson o‘z-o‘zini anglab yetishi orqali Haqni, haqiqatni taniydi. Alloh vasliga yetishadi, deydi. Ammo hayotning yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh (“dilda yor”) jo bo‘lgan kishi ishga kirishmog‘i (“dast ba kor”), ezgu ishlarga qo‘l urishi lozim. U aslo eldan, xalqdan o‘zini ayirmasligi, aksincha Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo‘lishi lozim (“Xilvatdar anjuman”). Shu nuqtai nazardan, Fariddidin Attor dunyoni qaynab turgan qozonga menzab, insonni ana shu “qozon”da qaynashga undagan edi. Shundagina inson pishib yetiladi, komillikka erishadi. Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va yurt qayg‘usida yashagan jadid ziyolilar, yana o‘nlab, yuzlab ulug‘ ajdodlarimiz hayoti o‘z taqdirlarini xalq, millat, butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rganlar. Inson o‘zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida ko‘rishni orzu qilgan hazrat Alisher Navoiy buni aniq qilib shunday ifoda etgan edi: “Odame ersang demagil odame- Onikim yo‘q xalq g‘amidan g‘ami”. Mustaqillik sharoitida o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajaisga ko‘tarilgan. Negaki, chorakam bir asr davomida hukmronlik qilgan istibdod nazariyasi va mafkurasi o‘z-o‘zini anglash hissini yo‘qotib bordi. Milliy o‘zlikni anglash masalasi falsafada ishlanmadi. Buning sababi milliy o‘zlikni anglash mustaqillik g‘oyasi bilan bog‘liq edi. Shunga ko‘ra milliy istiqlol g‘oyasi tarixiy xotirani o‘yg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni sifatida xalqimizning tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaga aylanishi mumkin. Sharq va G‘arbda, Osiyo va Yevropa xalqlari hayotida ham o‘zlikni anglash tuyg‘usini o‘yg‘otishi, pirovard natijada, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy, o‘zaro manfaatli hamkorlikka kirishuviga turtki bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oyani-etonmadaniy qadriyatlarni milliy o‘zlikni anglatuvchi omil deyish mumkin. Demak, millat o‘zini xalq sifatida, el sifatida anglamasa, u o‘zining sha’ni, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg‘urib, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini to‘la his eta olmaydi. Sharq donishmandlarining falsafiy g‘oyalarida sinkretik (yangi turlicha g‘oyalarning bir butunlikda joylashuvi) va sinergetik (o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi, keng, ko‘p o‘lchovli va ochiq tizimli) tafakkur uslubining ustivorligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Milliy o‘z-o‘zini anglash real moddiy kuch sifatida millat sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-etibori, or-nomusi poymal etilganda yoki millatning moddiy va ma’naviy manfaatlariga zid ikkinchi bir tomondan zo‘ravonlik harakatlar yuzaga keltirilgan holatlarda namoyon bo‘ladi. Sha’ni qadr-qimmati, or-nomusi, obro‘-e’tibori va manfaatlari poymal etilgan millat vakillari qaysi lavozimda himoya qilishi boy yoki kambag‘al bo‘lishidan qat’i nazar yagona umummilliy kuch bo‘lib birlashadilar va o‘zligini himoya qiladilar. Download 347 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling