Magistrli dissertatsiyasini tayyorlash:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini aniqlash.
Tanlangan mavzu asosida adabiyotlar ro’yxatini tuzish.
Annotatsiya tayyorlash.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligini asoslash.
Dissertatsiya mavzusi obyektining farqlovchi xususiyatlarini aniqlash va shakllantirish.
Tadqiqotning kalendar (dastur) rejasini tuzish.
I. ILMIY-TADQIQOT VA ILMIY AMALIYOT
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Ilmiy – amaliy konferensiyalarda, ilmiy seminarlarda magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha tayyorlangan ma’ruzalar, axborotlar bilan ishtirok etish
2022-2023 o’quv yilining 3-semestri mobaynida bir qancha ilmiy seminarlarda qatnashdik va seminarlarda ustozlarning fikrlarini tinglab o’zimizdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik.
Ilmiy seminarlarda biz magistrlar birinchi navbatda ma’ruza qilish madaniyatini o’rgandik. Ma’ruza qilayotgan ilmiy ishimizning reglamentda ajratilgan vaqt ichida, eng muhim, eng dolzarb jihatlarini tinglovchiga yetkazib bera olishimiz zarur ekanligini o’rgandik. Biz qisqa vaqt ichida bir necha yillik tadqiqotimiz davomida nimalarga erisha olganimizni, o’z nutqimiz orqali tinglovchilarga yetkazib bera olishimiz, ilmiy ishimizni to’laqonli yorita olishimiz zarur ekanligini o’rgandik. Bundan tashqari ma’ruza jarayonida berilgan savollarga tinglovchilarga hurmat saqlagan holda topqirlik bilan javob qaytara olishimiz zarurligini ham bilib oldik.
Mana shunday ilmiy seminarlar orqali magistrlarda ilmiy seminar davomida o’zini qay tartibda tutish zarurligini o’rgatuvchi maktab bo’ladi. Men ushbu seminarda tadqiqot ishimda aniq dalillarga tayanishim, ularning ishonchliligini tekshirib, so’ngra dissertatsiyamda qo’llashim mumkin ekanligini bilib oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |