O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti, 5111600-Milliy g′oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo’nalishi falsafa fanidan


O’zbek zaminida islom dini va Movarounnahrlik ulamolar


Download 173.5 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi173.5 Kb.
#1046915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Falsafa

O’zbek zaminida islom dini va Movarounnahrlik ulamolar.

Arabiston yarim oroli, Yaqin va Oʻrta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oʻz ichiga olgan Arab xalifaligi deb nom olgan va kuchli markazlashgan saltanat 632 – 1258-yillarda hukmron bo’ldi. Bir necha oʻn yilliklar mobaynida arablar Vizantiya, Movarounnahr, Hind okeani, Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qildilar. Shu bilan birga bosib olingan yerlarda islom dini ham keng yoyildi.
Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami — „Al-Jomiʼ as-Sahih“ Islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan „Hidoya“ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy (Hazrati Imom), tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Islomning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 — 1976)larning xizmatlari kattadir. Hozirgi paytda Qurʼoni Karimning oʻzbek tilidagi beshta jumladan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf („Tafsiri Hilol“, 1991-2005), Oltinxon Toʻra, Alouddin Mansur („Qurʼoni karim“ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991)), Shayx Abdulaziz Mansur („Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“, 2004), muftiy Usmonxon Alimov („Tafsiri Irfon“) kabi oʻzbek olimlari tomonidan tayyorlangan maʼnolar tarjimalari va tafsirlari nashr etilgan. Deyarli barcha viloyatlarda diniy oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsata boshladi, Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi (1999).
Shuningdek, poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yurtimizdagi ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlarni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasida „Movarounnahr“ nashriyoti faoliyat koʻrsatadi, „Islom nuri“ gazetasi, „Hidoyat“ jurnali nashr etiladi.


  1. XULOSA

Dunyo dinlari va yaratgan huzurida eng maqbul din islom paydo bo’lganiga 15 asr bo’ldi. Shu vaqtdan buyon Alloh taolo o’z bandalariga hidoyat yo’lini ochib qo’ygan. Shu davrda islom diniga qancha toshlar otilgan bo’lsa, bundanda ko’p insonlar islom diniga e’tiqod qila boshlagan. Islom sharofati bilan mamlakatimizda ijtimoiy adolat qaror topib, madaniy merosimiz, milliy va diniy qadriyatlarimiz rivoji uchun imkoniyatlar yaratildi. Islomning haqiqiy insonparvarlik, binyodkorlik g’oyalari ota-bobolarimiz tomonidan qalban va chin yurakdan qabul qilinib, haqiqiy e’tiqodga zamin yaratdi.
Mustaqillik yillarida, ayniqsa so’nggi yillarda sof islomni xalqimizga yetkazish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida Islom sivilizasiya markazining qurilishi, qator obidalar ta’mirlanishi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi bunyod etilishi, Imom Buxoriy majmuasi tubdan rekonstruksiya qilinishi, mavzuga oid xalqaro anjumanlar o’tkazilayotganligi va boshqalarni misol tarzida keltirishimiz mumkin.
Bularning barchasi xalqimizning vijdon erkinligini ta’minlash, bunyodkorlik g’oyalari asosida bizgacha yetib kelgan mustahkam e’tiqodimiz va muqaddas dinimizni sof saqlash, avlodlarga to’la to’kis yetkazishdir.



  1. Download 173.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling