O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti, 5111600-Milliy g′oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo’nalishi falsafa fanidan


Download 173.5 Kb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi173.5 Kb.
#1046915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Falsafa

Islom tushunchasi va ta’limoti.

Din azaldan inson maʼnaviyatining alohida tarkibiy qismi sifatida haq va haqiqat, insof va adolat toʼgʼrisidagi orzu-armonlarni oʼzida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan gʼoya va qarashlarning yaxlit bir tizimi desak to’g’ri bo’ladi. Shu ma’noda diyorimizda keng yoyilgan Islom dinining haqqoniylik va poklik, insonparvarlik va bagʼrikenglik, odamzotni doimo ezgulikka chorlash kabi g’oyalarining oʼrni va ahamiyati yuqoridir. Vatanimiz qadimdan islom dini gullab yashnagan oʼlkalardan biri boʼlib, bugungi kunda ham ushbu anʼanalar munosib ravishda davom ettirilmoqda.


Islom arabcha: — „boʻysunish“, „itoat etish“ ma’nolarini bildiradi. Jahonda keng tarqalgan uch din (xristianlik, islom va yahudiylik) dan biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“,„musulmon“) deb ataladi. Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning koʻprogʻi Osiyoda yashaydi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar —Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh;
Islom dini besh asos yoki ustun (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:
1) Iymon -Kalimai shahodat;
2) Namoz oʻqish;
3) Roʻza tutish;
4) Zakot berish;
5) Haj qilish.
Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Iymon 7 aqidani (farz)— Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra joylarga sigʻinish, shaxslarga sigʻinish, fol ochish va fol ochdirish, harom qilingan, yaʼni Alloh taolodan oʻzgasidan koʻmak soʻrash taʼqiqlangan.
Islom ta’limotiga ko’ra, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shugʻullangan kishilar oxiratda qaytadigan joy jannatdir. Jannatdagi hayot abadiy, bezavoldir. Jannatdagilarni Alloh turli neʼmatlar bilan taʼminlaydi. U yerda gʻam-gʻussa va tashvish yoʻq. Odamlarning yaxshi koʻrgan barcha narsasi muhayyo etiladi. Qurʼonda Jannat daraxtzor, ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb taʼriflanadi. U yerda insonlar qarimaydi va kasal ham boʻlmaydi. Islom taʼlimotida taʼkidlanishicha, Jannatda havzi Kavsar mavjud boʻlib, uning suvi oq va muzdayligi hamda hislatlari taʼriflanadi. Havzi Kavsardan Jannat ahli suv ichadi. Jannatda eng oliy neʼmat Allohning diydorini koʻrishlik hisoblanadi.
Doʻzax, jahannam — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Qurʼonda keltirilishicha, doʻzaxni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Doʻzax bir necha tabaqadan iborat boʻlib, har bir gunohkor oʻz gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Qalbida Allohga imoni boʻlgan bandalar do’zahda maʼlum vaqt azob tortganlaridan soʻng oʻsha imonlari sharofati bilan u joydan chiqarilib, jannatga kiritiladi. Faqir-fuqaro, yetim-yesirlarga rahm-shafqatlilik, musulmonlar va inson bolasining ogʻirini yengil qilish koʻplab bandalarning do’zah oʻtidan ozod etilishiga sabab boʻladi.
Islomning muqaddas kitobi Qurʼoni Karimdir. Qurʼon-Alloh taolo tarafidan Payg’ambar Muhammad alayhissalomga oyat-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uningtafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuning-dek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan. «Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir.
Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) - islomda huquqiy, ahloqiy me`yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy me`yorlarga oid masalalarda o`zaro faqrlanib turadi.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, 8-asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari „shia“ nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo Islom tarixi uzra sunniylik (90 %dan ziyod) asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93 %)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan.
Qur’oni Karimdagi baʼzi oyatlarda Islomning sifatlaridan bir bu insondagi ichki pushaymonlik deb urgʻu beriladi: "Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir. Boshqa bir oyatda Islom va din atamalari oʻzaro bogʻlanadi:" Yana shuningdek, boshqalar nazdida, Islom iymonning faqatgina tildagi tasdigʻi boʻlibgina qolmay, balki bu Allohga qaytish faoliyatidir.
Shularni umumlashtirib keltirilganidek, “Alloh huzurida eng maqbul din-islom dinidir.” (Oli Imron surasi, 19-oyat.)



  1. Download 173.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling