O`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-kurs sirtqi ta’lim 2-ot. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʻnalishi talabasi tolipov Abbosning


Davlat budjetining g’azna ijrosining ahamiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 52.8 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi52.8 Kb.
#1561380
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat byudjeti va gʻaznachilik tizimi

1. Davlat budjetining g’azna ijrosining ahamiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan budjet siyosatining
asosiy yo‘nalishlari–budjet taqchilligini boshqarish va uni tartibga solish, budjet mablag‘larini sarflashda maqsadli, samarali va oqilona ishlatishga rioya etish bilan birga daromadlarni o‘z vaqtida tushirish, budjetning samarali ijrosini amalga oshirishdir. Davlat budjetning ijrosi esa budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, bunda belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlari, aniq rejalar va ijtimoiy dasturlar amaliyotga tadbiq etiladi.
Biz bilamizki, Davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish va bundan yanada samarali foydalanish, davlat budjetini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda budjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzili-shini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi».
Davlat moliyasini boshqarishning isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning yangi shakl va uslublarini qo‘llash g‘aznachilik tizimini joriy qilishni ko‘zda tutadi. G‘aznachilik tizimi budjet mablag‘-larining moliyaviy oqimini boshqarish, budjet resurslarining kam miqdordagi qoldiq-lari bilan budjet xarajatlarini joriy ijrosini ta’minlash imkonini beradi, bunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tezkor va yakuniy balanslashtirishga erishiladi.
Respublikamizda daromadlarning yetishmasligi va ularning o‘z vaqtida budjetga kelib tushmasligini oldini olish, mavjud budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida g‘aznachilik tizimiga o‘tish kerak bo‘ladi. Shundagina moliyalashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirish jarayonlarini birlashtirish natijasida budjet mablag‘larini budjet tashkilotlarini bankdagi hisobraqamda qoldiq sifatida o‘tirib qolishini bartaraf etish mumkin bo‘ladi.
G‘aznachilik bu - moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangicha qarashdir, budjetning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni qo‘llashdir.
G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini, yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi.
Davlat budjeti ijrosi G‘aznachilik tizimida g‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi.
G‘aznachilik – Moliya vazirligining Davlat budjetining kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlari uchun moliyaviy resurslarni yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan organi hisoblanadi.
Respublikada G‘aznachilik tizimi joriy etilishi vaqtinchalik xarakatda bo‘lmagan budjetning erkin mablag‘larini, samarali moliya bozorlarida joylashtirib, undan olingan daromadni esa budjet xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga, budjet taqchil- ligini kamaytirishga va davlat qarzlari to‘loviga yo‘naltirish mumkin.
Mazkur tizim davlatning moliyaviy aktivlarini va budjetdan tashqari jamg‘ar-malarning erkin qoldiqlarini ishlatilishini hamda samarali himoyasini ta’minlaydi, g‘aznachilik hisobraqamdagi erkin qoldiqlar hisobiga o‘zi budjet xarajatlarini kreditlashi mumkin.
G‘aznachilik tizimi joriy qilinishi davlat budjetini rejalashtirish, xarajatlarni amalga oshirish va ularni boshqarishga, moliyaviy hisobot, nazorat vazifalariga yondoshishi va bajarish ishlariga jiddiy ta’sir qiladi.
G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari:

  • qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish;

  • davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlar qismini kassali ijrosining har kungi monitoringini o‘tkazish;

  • tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish vaqtida) dastlabki nazorat qilish;

  • moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilinishini va noto‘g‘ri ishlatilishini oldini olish maqsadida joriy nazorat amalga oshirish;

  • budjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish;

  • G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi budjet mablag‘larini tezkor ishlatish.

G‘aznachilik tizimi joriy etilgandan so‘ng, mablag‘larning shartli aylanish tezligi oldin amal qilgan tizimdan ko‘ra birmuncha tezlashdi, bunda buyurtmachi (budjet tashkiloti) nomidan g‘aznachilik organlari to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari – kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G‘aznachilikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Davlat budjetining kassa ijrosi;

  • Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish;

  • Davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;

  • budjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek, buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini ro‘yxatga olish;

  • Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

  • Davlat budjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat

ko‘rsatish;

  • O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kiradi.

G‘aznachilik organlari budjetdan mablag‘ oluvchilardan boshqarish funksiya-larini tortib olmaydi. G‘aznachilik budjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Budjet tasnifi bo‘yicha berilgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar butun yil bo‘yi xarajatlar tendensiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kerak bo‘ladigan ehtiyojlarni aniq-lashga yordam beradi.
G‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatishi naqd pullarni to‘g‘ri va samarali boshqarish yo‘li bilan budjetga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.
G‘aznachilik quyidagilarni amalga oshiradi:

  • kassadagi naqd pullarni boshqarish;

  • oylik kassa limitlarini o‘rnatish;

  • budjet tashkilotlarining shartnomalarini ro‘yxatga olish;

  • budjet tashkilotlarining moliyaviy sarf xarajatlarini joriy nazorat qilish(to‘lov qog‘ozlari nazorati);

  • budjet bajarilishining hisobini yuritish va moliyaviy hisoboti;  davlat qarzi va hukumat aktivlari hisobini olib boradi.


Download 52.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling