O`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti 4-kurs sirtqi ta’lim 2-ot. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʻnalishi talabasi tolipov Abbosning


Download 52.8 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi52.8 Kb.
#1561380
  1   2   3   4
Bog'liq
Davlat byudjeti va gʻaznachilik tizimi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


IQTISODIYOT FAKULTETI


4-KURS SIRTQI TA’LIM 2-OT. IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR) YOʻNALISHI TALABASI
Tolipov Abbosning

Davlat byudjeti va gʻaznachilik tizimi” fanidan


MUSTAQIL ISHI


MAVZU: G‘aznachilik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish xususiyatlari


Qabul qildi: _________________________
Toshkent-2023
1.1. Davlat budjetining g’azna ijrosining ahamiyati va uning
o’ziga xos xususiyatlari ....................................................
1.2. Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy elementlari va huquqiy asoslari ..............................................................
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligining davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil
etishdagi faoliyati va asosiy vazifalari …………………….
2.2. G’aznachilikda narxlar monitoringini olib borish va davlat
xaridini tashkil etish amaliyoti tahlili …………………..….
2.3 Yuridik va moliyaviy majburiyatlar, budjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartibi ……

KIRISH


O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar miqyosida davlat moliyasi islohotlari muhim o’rinni egallagan. Shular qatorida davlat byudjeti ijrosida g’aznachilik tizimini joriy etish, uning tashkiliy va meoriy xuquqiy tizimini takomillashtirish, uning tarraqiy etishining yo’nalishlarini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlarning misolida davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish soxasidagi amalga oshirilayotgan yutuqlar qatorida, g’aznachilik tizimining joriy qilinishi, va bu borada qo’lga kiritilayotgan yutuqlar isloxotlar samarasining dalolatdir. .“2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.”-deydi prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida1
G’aznachilik tizimining joriy qilinishi byudjet ijrosining samarasini keskin oshirishni ta’minlamoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek: “Davlat byudjetini bajarishga qaratilgan g’aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini ancha oshiradi. Bu borada Moliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan G’aznachilik tuzilmasining moddiy-texnik bazasini barcha pog’onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xalq ta’limi va sog’lig’ini saqlash sohasida byudjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozim”.
Albatta davlatimizda joriy qilinayotgan G’aznachilik tizimi, yuqorida keltirilgan tamoyillar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan meyorlarda amalga oshirilmaqda. Ushbu natijalarga erishishda byudjet ijrosini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi organlarning, xususan g’aznachilik organlarining hissasi kattadir.
Mamlakatimizda keyingi yillarda davlat moliyasini boshqarishda ma’muriy islohotlar jadal sur’atlarda amalga oshirila boshladi. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, xususan, davlat moliyasini tubdan isloh qilish jarayonlarini davlat tomonidan boshqarish, monitoringini olib borish va nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu jihatdan qaraganda, O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarish tizimini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, ular faoliyatini so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan xolda muvofiqlashtirish, davlat moliyasini boshqarishni shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish, davlat moliyasini boshqarish organlari, birinchi navbatda, Moliya vazirligi G’aznachiligining faoliyat mexanizmlarini va uning elementlarining faoliyatini takomillashtirishning zarurligi, byudjet jarayonida byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tilayotganligi va bu boradagi muammolarni tadqiq etishning zarurligi hamda davlat moliyasini institutsional tarkibini isloh qilishda g’aznachilik faoliyatining zarurligi dolzarb masaladir.


Download 52.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling