O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Mantiq fani va ilmiy bilish metodologiyasi


Download 1.78 Mb.
bet11/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Mantiq fani va ilmiy bilish metodologiyasi

Mantiq bilish, to‘g‘ri fikrlash metodlarini o‘rganuvchi fandir. Ilmiy bilish jarayonida metod muammosi qadimgi davr falsafasida qo‘yilgan. Xususan, Sokrat mayevtika usulini, Demokrit “Kanon”larda (kanon-mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. Aristotel esa, “Organon”ida (organon-bilish quroli) fikrni mantiqan to‘g‘ri qurish va chin bilim hosil qilish vositalarini tadqiq etgan. Keyinchalik, Mantiq kanonmi yoki organonmi? degan savol mantiqda keng muhokama qilingan.

Yangi davrda F.Bekon birinchilardan bo‘lib metod muammosini mantiq fani doirasida tahlil qilgan. R.Dekart va I.Kantlar ham bu masalaga alohida e’tibor qaratganlar. Gegel metodologiya rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Albatta, ilmiy bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot obyektiga ega ekan, o‘zining maxsus tadqiqot usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bor qo‘shimcha qilish prinsipini kiritgan.

Ba’zi bir fanlar tadqiqot obyektlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun, ularning tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir-biriga yaqindir. Xususan, bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. Ko‘pchilik fanlarda qo‘llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul, qo‘llanilishi doirasiga ko‘ra, umumiy bo‘lgani bilan, o‘z maxsus vazifasiga ega. Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‘lishining analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirishni ko‘rsatish mumkin. Bular bilishning umummantiqiy metodlari hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng umumiy metod vazifasini bajaradi.

Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga bog‘liq.

Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning ehtiyojlari taqozosi bilan yuzaga kelgan bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to‘g‘ri obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish faoliyatining takomillashgan shakllari va usullari, tartib-qoidalari, mantig‘i va tuzilmalari fanda yangidan yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish imkonini yaratmoqda.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling