O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet9/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Konstruktiv mantiq – matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. U konstruktiv matematikaga asoslanish hamda intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy o‘rganish negizida paydo bo‘lgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo bo‘ldi. Konstruktiv mantiq real dunyoda mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda qurish mumkin bo‘lgan obyektlarni, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishlarini tadqiq etadi.

Logitsizm – bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish asosida vujudga kelgan. Logitsizm noklassik mantiqning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, unda mantiq ilmi va matematikaning o‘zaro yaqinligiga alohida e’tibor beriladi. Xususan, ba’zi o‘rinlarda mantiqni matematikadan ustun qo‘yishga intilish, boshqa o‘rinlarda ularni tenglashtirish, bitta fan deb hisoblash hollari mavjud. Uning tarafdorlari matematikani mantiq doirasiga to‘laligicha kiritish mumkin, buning uchun hech qanday qo‘shimcha tushunchalar talab qilinmaydi, deb ta’kidlaydilar. Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. Va, umuman, matematika qadimdan mantiqan izchil fan deb hisoblangan. Biroq, hozirda matematikani mantiq ilmi bilangina bog‘lash orqali fan sifatidagi maqomini o‘rnatish va tushuntirish mumkin emasligini ko‘pchilik matematik va mantiqshunoslar yaxshi bilishadi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling