O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet137/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Avtoritet (autoritas – hokimiyat, ta’sir) – keng ma’noda ijtimoiy hayotning turli sohalarida biror shaxsning yoki tashkilotning ko‘pchilik tomonidan tan olingan norasmiy ta’siridir. “Avtoritet” tushunchasi obro‘li, e’tiborli, nufuzli manba ma’nosida qo‘llanadi. Avtoritetlarga asoslanish deganda esa, biror fikr, mulohazaning chinligini asoslashda obro‘li, e’tiborli, nufuzli manbalarga murojaat qilish tushuniladi. Nufuzli manba sifatida alohida shaxslarning fikr va mulohazalari, muqaddas diniy kitoblardagi bitiklar, xususan, “Qur’on”da yozilgan sura va oyatlar, xalq maqollari va hikmatli so‘zlardan foydalaniladi.

Avtoritetlar metodi hokimiyatga, nufuzga qiziqishni o‘rganish o‘laroq yuzaga kelgan. Kimnidir fikrlarini qat’iy ushlagan xolda va muqaddas deb hisoblaniladigan manba mohiyatiga ergashiladi. Munozarali savollarga yechim topishda yoki sudda mulohaza chiqarishda dinga yoki muqaddas kitobdan parcha keltirilishiga urg‘u berish talab qilinadi. Dafn marosimida qanday kiyinish kerak, yozuvchi qanday sintaktik qoida asosida yozishi kerak, tadbirkor qanday mahsulot ishlab chiqarishi kerak, urushdagi kabi ijtimoiy inqiroz vaqtida o‘zini qanday tutishi kerak – bu kabi takrorlanib turuvchi muammolar avtaritar metod orqali hal qilinadi.

Avtoritar ko‘rinishlarning 2 shaklini farqlash mumkin. Birinchi shakli muqarrar va asoslangan. Ba’zi muammolarni yyechishga vaqt yoki imkon bo‘lmaganda, bu shakl xizmat qiladi. Masalan, qaysi parhez yoki mashq stress simptomlarini yo‘qotishga yordam beradi yoki misrliklar og‘irlikning qaysi sistemasidan foydalanishgan. Bu xaqida qat’iy xulosa chiqara olmay, tan olingan avtoritetga murojaat qilinadi. Ular uchun avtoritetga murojaat so‘nggi “manzil”, biz buni o‘zimizda saqlashimiz(asosli xulosaga kelishimiz) yoki (vaqti kelganda) avtoritetning fikrini biroz o‘zgartirib qo‘llaymiz. Ikkinchi shaklida avtoritet ishonchli va uzil-kesil qarorlarga ba’zi manbalarni kiritadi va ularning qarorlariga tashqi kuchlarning ruxsat berishiga undaydi. Shu orqali insoniyat qo‘rqitiladi, garchi uning oldida bir qancha muvofiq alternativalar bo‘lsa-da, u o‘zining odati bilan qoladi.

Bu metodning maqsadi uzoq vaqt davom etayotgan avtoritet farqlanishlarni bartaraf etish, ishonchda yakdillik va turg‘unlikka erishishdir. Buddistlar xristianlarni qabul qilmaydilar, xristianlar esa Muhammad (s.a.v.)ning hokimiyati va Qur’onni rad etadilar. Bu holatda mutaxassislar bunda bir qancha adashishlar borligini aytadilar. Bundan tashqari, avtoritet vositasida tartibga solishni amalga oshirib bo‘lmaydi va boshqa yo‘lni tanlash kerak bo‘ladi. Bu metod boshqa metodlar orqali boyitilmasa, u tushunarsiz bo‘lib qolaveradi.

Avtoritetlarning amal qilish doirasi va davomiyligi turli xil bo‘ladi. Vaqt o‘tishi yoki amal qilish doirasining o‘zgarishi avtoritetlarning mavqeini tushirib yuborishi mumkin.

Keng doirada amal qiladigan va doimiy, muntazam bo‘lgan avtoritetlargina fikr-mulohazalarning chinligini aniqlash uchun yetarli asos bo‘ladi. Sharqda Qur’on va hadislar, shuningdek, obro‘li-e’tiborli din arboblarining, faylasuflar, olimlarning vaqt sinovidan o‘tgan, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan fikrlari ijtimoiy hayot masalalarini hal qilishda, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda, bilimlarning chinligini aniqlashda eng ishonchli, e’tiborli, nufuzli manba hisoblangan. Bu manbalarni muhokama va munozarada isbotsiz qabul qilish, fikr yuritishda ularga asoslanish milliy mentalitetimizga xos xususiyatdir. Bunday avtoritetlar tarixiy sharoit va siyosiy o‘zgarishlarning ta’sirida o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi, vaqt sinoviga bardoshli bo‘ladi.

Umuminsoniy ma’naviy madaniyat xazinasidan joy olgan buyuk mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlar, xalqlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini aks ettirgan maqollar ham fikr-mulohazalarning chinligini asoslashda yetarli dalil hisoblanadi.

XXI asr boshida hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining kuchayishi avtoritet – nufuzli manbalarning yangicha ma’no kasb etib, turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyatimiz yoshlari faqat o‘quv dargohlaridagina emas, OAV, Internet orqali ham rangbarang axborot va ma’lumotlarni olmoqdalar. Ular bilim olishlari uchun foydali, zarur ma’lumotlarni qabul qilish bilan bir qatorda ma’naviy qadriyatlarimizga qarshi yo‘naltirilgan axborotlarga ham duch kelmoqdalar. Ba’zi yoshlar bilim olishda, hayotga bo‘lgan munosabatlarini belgilashda ota-ona, ustoz-murabbiylarni emas, balki OAV, Internetni avtoritet sifatida e’tirof etib, ulardagi axborotlarni haqiqat deb qabul qilmoqdalar. Ular axborotlarning manbalariga, chinlik darajasiga deyarli e’tibor bermaydilar, muhimi qiziqarli va ehtiyojlariga mos bo‘lsa bas. OAV, Internetdagi ayrim ma’lumotlar endigina ma’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqiqatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan yoshlarda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun fikr-mulohazalarni asoslashda argumentlarning ishonchli, chin ekanligiga e’tibor berish aqllilik, farosatlilikning belgisi hisoblanadi.

Avtoritetlarga asoslanish bilan avtoritar tafakkurni o‘zaro farqlash zarur. Avtoritarlik – asoslanganlikning o‘zgargan, buzilgan ko‘rinishi, yangiliklardan va ijodiylikdan mahrum bo‘lgan fikr yuritish usuli bo‘lib, unda mulohaza yuritish va uning chinligini aniqlash vazifasi avtoritetlar zimmasiga yuklanadi.

Avtoritetlar, nufuzli manbalar, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarda milliy mafkura va milliy g‘oya’ni shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Shu o‘rinda matbuotning, ayniqsa, radio va televideniyening u yoki bu manbaning avtoritet deb tan olinishidagi roli e’tiborlidir. Bu haqda Prezidentimiz I.Karimov: “Bizning matbuotimiz, televideniyemiz ham tarixga oid maqolalar chop etganda, ko‘rsatuvlar tayyorlaganda bir kishining fikrini yagona haqiqat sifatida qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi darkor. Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim”, deb ta’kidlagan.

Avtoritetlar masalasi murakkab va ko‘p qirralidir. Shu sababdan fikr-mulohazalarning chinligini asoslashda avtoritet hisoblangan fikrlardan konkret sharoitga mos ravishda, me’yorga amal qilgan holda foydalanish zarur.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling