Takrorlash uchun savollar
Tapfakkur tarzi deganda nimani tushunasiz?
Tafakkur tarzining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Tafakkur tarzining ilmiy bilimlar kategorial asosiga munosabati qanday?
Stixiyali tafakkur tarzi nima?
Qat’iy determinizmga asoslangan tafakkur tarzining o‘ziga xosligi nimada?
Ehtiqoliy (statistik) tafakkur tarzi nima?
Dialektik tafakkur tarzining mohiyati nimada?
MANTIQ TARIXI
19-BOB. QADIMGI YUNONISTONDA MANTIQQA OID BILIMLARNING ShAKLLANIShI
Mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning “Tabiat to‘g‘risida” asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida muayyan darajada ko‘rib chiqilgan. Aristotelgacha bo‘lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritning mantiqiy ta’limoti, Sokratning induktiv metodi va Platonning dialektikasi diqqatga sazovordir.
Demokrit (er.av. 460-370) mantiqiy ta’limotida fikrning chinligi muhim o‘rin tutadi. U ko‘proq induksiya va analogiyaga e’tibor beradi. Haqiqatni bilish uchun yakka buyumlarni kuzatish, his qilish orqali umumlashtirish zarur deb ta’kidlaydi. Mulohazani subyekt va predikatning o‘zaro aloqadorligi deb ta’riflaydi. U yetarli asos qonunini ontologik tushuntiradi. Demokritning mantiqiy ta’limoti Aristotel va F.Bekon ta’limotlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |