O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Sokrat va sofistlarda ratsional muhokama yuritish. Mayevtika


Download 1.78 Mb.
bet181/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Sokrat va sofistlarda ratsional muhokama yuritish. Mayevtika

Sokrat (er.av. 469-399) ta’limotiga ko‘ra, buyumlarning mohiyatini bilib bo‘lmaydi. Inson, avvalo, o‘z-o‘zini bilishi kerak. “Bilim” umumiylik to‘g‘risidagi tushunchadir. Haqiqatni aniqlash uchun o‘ziga xos usul darkor. Bu usul vositasida o‘rganilayotgan buyum haqida umumiy tushunchaga asoslanib fikr yuritiladi. Haqiqatni aniqlash uchun muxolif fikridagi ziddiyatlar o‘rganiladi. Predmet haqidagi tushunchalar ziddiyatli bo‘lsa, demak, bilim yuzaki bo‘ladi. Sokrat haqiqatni aniqlashda induksiya va definitsiyadan foydalanishni tavsiya etadi. Induksiya – kundalik hayotdagi yakka misollar asosida umumiy tushunchalarni hosil qilishdir. Definitsiya bahs jarayonida tushunchalarni ta’riflashdir. Bu usulni Sokrat “mayevtika” deb ataydi.

Platon (er.av. 427-347) ustozi Sokratning umumiy tushunchalar buyumlarning mohiyatini ifodalaydi degan fikrini davom ettiradi. U umumiy tushunchalarni buyumlardan va insonlardan ajralgan mutlaq g‘oyalar sifatida talqin qiladi, ularni birlamchi deb qabul qiladi. U mulohazani tafakkurning asosiy elementi deb biladi. Mulohaza ega va kesimning birligidan iborat bo‘lib, tasdiq yoki inkor ma’nosini bildiradi. Agar mulohazada birlashishi mumkin bo‘lmagan tushunchalar birlashtirilsa, u xato bo‘ladi. Mulohazalarni tashkil etuvchi tushunchalarni Platon piramida shaklida tasvirlaydi. Piramidaning uchiga ezgulik tushunchasini qo‘yadi. “Borliq”, “o‘zgarish”, “sukunat”, “ayniyat”, “tafovut” tushunchalarini eng universal tushunchalar deb ta’riflaydi. Chin bilimga intuitsiya orqali erishiladi. Platon definitsiya masalasiga katta e’tibor bergan, yaqin jins va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash usulini, tushunchalarni dixotomik bo‘lishni bilgan. Uning “Parmenid”, “Sofist”, “Teetet” dialoglarida mantiq masalalari ishlab chiqilgan.

Platon to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy qonunlarini ta’riflab bermagan bo‘lsa ham, ularning mohiyatini tushungan. Masalan, “kontradiktor” tushunchalar, mulohazalar, bir vaqtda va bir xil munosabatda bir buyumga nisbatan chin bo‘la olmasligini ta’kidlagan. “Evtidem” dialogida “bir narsaning ham bo‘lishi, ham bo‘lmasligi mumkin emas” degan fikri uning nozidlik qonunini bilganligidan dalolat beradi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling