Tafakkur qonunlari va haqiqat masalasi
Mutafakkir haqiqatning mavjudligini, obyektiv xarakterini e’tirof etgan holda, “bilimlarimizning voqelikka mos kelishi – haqiqatdir”, deb ko‘rsatadi. U haqiqatni, ya’ni fikrning chin yoki xatoligini aniqlashda Nozidlik va Uchinchisi istisno qonunlariga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Aristotel bu qonunlarni ham ontologik, ham gnoseologik nuqtai nazardan ta’riflaydi. Bir vaqda bir xil munosabatda aynan bir predmetga nisbatan o‘zaro zid fikr bildirish mumkin emasligini, chunki bu fikrlardan biri chin, boshqasi xato bo‘lishi yoki har ikkisi xato bo‘lishi mumkinligini asoslab beradi. O‘zaro ikki zid fikrning biri chin, boshqasi xato bo‘lganda uchinchi fikrga o‘rin yo‘q ekanligini ta’kidlaydi. Aristotel asarlarida to‘g‘ri tafakkurlashning Ayniyat va Yetarli asos qonunlari maxsus tarzda ko‘rib chiqilmagan. Lekin mutafakkir asarlarining tahlili bu qonunlarga xos talablarning bayon qilinganligini ko‘rsatadi. Aytish mumkinki, Aristotel to‘g‘ri tafakkurlashga xos bo‘lgan xususiyatlarni va qonunlarni aniqlay olgan134.
Do'stlaringiz bilan baham: |