Mulohaza haqidagi ta’limoti
Aristotelning mantiqiy ta’limotida xulosa chiqarish yetakchi o‘rinni egallaydi. U tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha va mulohazani xulosa chiqarishning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qiladi. U “Ruh haqida” asarida mulohazalarni ruhiy hodisa sifatida tekshirsa, “Metafizika”, “Talqin haqida” asarlarida uni mantiqiy shakl sifatida analiz qiladi. Mulohaza – aqliy tahlil (diayrezis)ning natijasidir. U mulohazani apofansis deb ataydi. Mulohaza biror narsaga nimaningdir taalluqli yoki taalluqli emasligi haqidagi fikrning alohida ko‘rinishi bo‘lib, u chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Har qanday gap mulohaza bo‘lmaydi. Faqat qat’iy fikrlargina mulohaza hisoblanadi. Mulohazaning tarkibi mantiqiy ega, mantiqiy kesim va bog‘lovchidan iborat. Aristotel mazmuniga ko‘ra mulohazalarning: tasdiq, inkor turlarga, hajmiga ko‘ra esa: umumiy, juz’iy, noaniq turlarga bo‘linishini aniqlaydi.
U modalligiga ko‘ra mulohazalarni assertorik, zaruriy va imkoniy turlarga ajratadi. Aristotel mulohazalar bilan bajariladigan almashtirish, aylantirish kabi mantiqiy amallarni sillogistik xulosa chiqarish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |