O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-BOB. DIALEKTIK METOD VA VA ILMIY TAFAKKUR TARZI
Takrorlash uchun savollar
Muammo nima? Muammoli vaziyat qanday sharoitda vujudga keladi? Ilmiy muammo qo‘yilishining mantiqiy shart-sharoitlari qanday? Muammoni qo‘yish va hal etishda savol va javobning tutgan o‘rni qanday? Savol va javobning qanday turlari mavjud? Muammoni hal etishning mantiqiy mexanizmi qanday? Muammoni hal etib bo‘lmaslik qanday aniqlanadi? 18-BOB. DIALEKTIK METOD VA VA ILMIY TAFAKKUR TARZI Ilmiy tadqiqatlar olib borishda, ilmiy tafakkur tarzi muhim rol o‘ynaydi. “Ilmiy tafakkur tarzi” tushunchasining mazmunini talqin etishda olimlar, faylasuflar orasida yakdillik yo‘q. Buning asosiy sababi mazkur tushuncha obyektining ko‘p qirraligidir. Unga qaysi tomonidan yondashilsa, ta’rif ham ana shunga mos ravishda shakllanadi. Xususan, mavjud adabiyotlarda, ilmiy tafakkur tarzini tadqiqotchining ilmiy faoliyatidagi xatti–harakati, xulq–atvori normalarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladigan bilish jarayoni; metodologik va falsafiy priniplarning sintezi sifatida yuzaga chiqib, ilmiy bilishi metodlari, ilmiy bilimlar strukturasi, ularning konkret tarixiy shakllarini belgilab beradigan metodologik asos; ilmiy bilishning xususiyatlari, tendensiyalari, ilmiy metodologik prinsiplar yig‘indisi; fundamental tadqiqotlar ilmiy nazariyalarni bir–biridan farqlaydigan metodologik asoa va shu kabi ko‘rinishlarda tavsiflanadi. Ba’zi hollarda uni ilmiy bilish faoliyati jarayonida ishlab chiqiladigan normativlarni, mezonlarni, yondashish usullarini olamning ilmiy manzarasi ko‘rinishida mustahkamlaydigan, unda ilmiy va noilmiy bilish natijalarini birlashtiradigan natija sifatida talqin etiladi. Bunday yondashishlarning har birida mantiqiy asos mavjud bo‘lib, ular bir–birini to‘ldirgan holda, ilmiy tafakkur tarzi to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Ilmiy tafakkur tarzining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: tarixiy hodisa bo‘lib, u turli davrlar ilmiy muhiti, mavjud bilimlar zahirasi, hal etiladigan muammolar tabiatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi; eng muhim jihati tarixiy shakllangan mantiqiy–metodologik prinsiplar birligi, umumiyligida bo‘lib, u fan taraqqiyotining muayyan bosqichida olamni, uning ayrim qismlari, sohalarini bilishga xizmat iladigan boshqaruvchi normalar, mezonlardan iborat; fan taraqqiyotining har bir davriga xos fundamental kategoriyalar tizimidan tashkil topadi; ilmiy tafakkur tarzi o‘z ifodasini olamning ilmiy manzarasida topadi. Mana shu xususiyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ilmiy tafakkur tarzi fan taraqiyotining muayyan davrida ilmiy–nazariy muammolarni hal etishning mulohazaron mantiiy usullari, prinsiplari, me’yoriy qoidalari sistemasidan iborat. Ilmiy tafakkur tarzi ilmiy muammolarni qo‘yish, ularni hal etishga yondashishga, ilmiy bilishning metodlari, shakllari, vositalariga ta’sir o‘tkazadi. Ilmiy bilish obyektlari, muammolari o‘zgarib turishi sababli ilmiy tafakkur tarzi ham o‘zgarib turadi. Chunki har bir davr, ilmiy muhitda ilmiy tafakkur tarzi fundamental qonunlar, prinsiplar, kategoriyalarning muayyan bir majmuasi, tizimiga tayanadi va shuning uchun ham ana shu ilmiy davr, muhit ehtiyojlarini qondiradigan. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu davrga xos ilmiy tafakkur tarzi, u asoslanadigan fundamental qonunlar, prinsiplar, fanning kategorial apparati yangi ilmiy muammolarni hal etishda o‘zining cheklanganligini namoyon qiladi, ya’ni yangi faktlar, g‘oyalar, muammoalrga zid kelib qoladi. Bunday krizis davri avval ayrim fanlar doirasida kuzatiladi, keyin esa u ilmiy bilishning, fanning barcha tarmoqlarida namoyon bo‘ladi. Bunday holat bilishning mavjud mantiqiy– metodologik vositalari va fanning kategorial apparatini qayta anglashni taqozo etadi, xususan, ularni o‘zgartirishni, yangi g‘oyalar, prinsiplar, yondashish usullarini yaratishni talab etadi va shu tariqa yangi ilmiy tafakkur tarzining yaratilishi uchun sharoit yaratadi. Yangi tafakkur tarzi ilmiy bilimlar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki beradi, yangi bilimlar strukturasining yaratilishiga, fanda yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Yuqorida bildarilgan fikrllar ilmiy tafakkur tarzining o‘z mazmuniga ko‘ra, ilmiy bilish metodlari bilan o‘xshashlikka, umumiylikka egaligini ko‘rsatadi. Xususan, ular o‘rtasidagi umumiylik har ikkalasining ilmiy bilish metodologiyasiga taalluqliligida, bilish jarayonida subyekt faolligini ifodalashda,umumilmiy va xususiy – ilmiy bilish sohalariga xos bo‘lishida namoyon bo‘ladi va bu o‘xshashlik ba’zi hollarda ularni aynlashtirishga olib keladi. Aslida esa unday emas.: Ilmiy tafakkur tarzi har bir ilmiy davr uchun fundamental hisoblangan g‘oyalar, prinsiplarga suyanadi, ularning, umuman, fanda, ilmiy bilishdagi yoki ayrim bilim sohalaridagi boshqaruvchi metodologik vositalari, normativlari sifatida xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Tafakkur tarzining umumilmiy va xususiy – ilmiy bilishga xos bo‘lishi, ularning o‘ziga xos tarzda amal qilishi va, ayni paytda, ularning uzviy aloqadorligi bilish jarayoni dialektikasini namoyon qiladi. Yana shuni ham ta’kidlash zarurki, ilmiy tafakkur tarzi falsafiy metodologiya, aniqrog‘I, falsafiy mushohada yuritish usuli bilan uzviy bog‘liq, buni ilmiy va falsafiy fikrlar taraqqiyotida yaqqol kuzatish mumkin. Umumilmiy metodlar bir fan doirasida turli muammolarni tadqiq etishda har xil jamiyatda bo‘lishi mumkin, lekin ilmiy tafakkur tarzi o‘zgarmasdan qoladi, chunki uning qamrov masshtabi umumilmiy metodlar mavjudligi doirasiga nisbatan kengdir. U nafaqat fanning ayrim konkret masalalarini hal etishda, balki bilim sohasining barcha sferalariga oid tadqiqot ishlarida amal qiladi, hatto, aytish mumkinki, ilmiy tafakkur tarzi bilish metodlarini o‘zining funksiyalar doirasida boshqaradi, ularni qo‘yilgan muammoni hal qilishga yo‘naltiradi va shu tariqa bilish taraqqiyotiga ta’sir etadi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, ilmiy tafakkur tarzi masalasini falsafiy tafakkur uslubi bilan bog‘liq holda hal etish zarur. J.Tulenov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Falsafiy tafakkur uslubi ilmiy (professional) uslubdan shu bilan farq qiladiki, moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi”129. Falsafiy tafakkur uslubi (tarzi deyishimiz ham mumkin) ilmiy tafakkur tarzi kabi turli xil shakllarda, ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Buning sababi shundaki, u turli davrlarda falsafaning strukturasi, hal etadigan muammolari, ularni tadqiq etish usullari, kategorial qurilmalarining yangilanishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, xususiy – ilmiy tafakkur tarzi (u olamning xususiy ilmiy manzarasi, masalan, olamning fizikaviy manzarasi orqali namoyon bo‘ladi), umumilmiy tafakkur tarzi (masalan, olamning tuzilishini sistemali – strukturaviy, informaiyali – kibernetik sinergetik yondashuvlar, paradigmalar asosida tushuntirish) falsafiy tafakkur uslubi bilan bog‘liq ravishda, ularning o‘zaro ta’siri asosida bilimlar rivoji dinamikasini tasvirlaydi va tavsiflaydi. Buni bilish taraqqiyoti tasdiqlaydi. Xususan, Qadimgi dunyoda xususiy–ilmiy va falsafiy bilimlar bir–biridan aniq chegaralanmagan, ular naturfalsafa doirasida mavjud bo‘lgan davrda stixiyali: dialektik tafakkur tarzi mulohazaron bo‘lgan: Uning mohiyatini olamdagi rang–baranglikni, ya’ni turli–tuman predmet va hodisalarni yagona substansial asosga keltirish yo‘li bilan borliqni o‘zaro aloqadorlikda, harakatda va yaxlitlikda tasavvur qilish, uning kosmologik – ontologik manzarasini yaratishga bo‘lgan urinishlar tashkil etadi. Levkin–Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar tasvirlagan olamning atomistik manzarasi, Ptolomey va Aristotel tomonidan qurilgan geotsentrik manzara ana shu tafakkur tarziga mos keladi. Stixiyali tafakkur tarzining kategorial asosini, qurilmasini borliq, substansiya, harakat, kosmos, Nus kabi kategoriyalar tashkil etadi. Yangi davrda eksperimental matematik tabiatshunosligining paydo bo‘lishi, qadimgi davr bilishiga xos bo‘lgan abstrakt aqliy mushohada asosida olamning manzarasini yaratishdan borliqdagi predmetlarni eksperiment yo‘li bilan o‘rganishga o‘tish bu predmentlarni bir–biridan hamda harakat manbaidan ajratgan holda tadqiq etish an’anasini shakllantirdi. Shu tariqa yangi davr falsafasida metafizik tafakkur tarzi paydo bo‘ldi. Bu tafakkur tarzida olamdagi umumiy aloqadorlik qa’tiy deterministik aloqalar sfatida tasvirlandi va mos ravishda faqat dinamik qonuniyatlar mavjudligi e’tirof qilindi. Butun klassik fizika, ayniqsa, klassik mexanika ana shu qat’iy determinizmga asoslangan tafakkur tarziga tayangan holda rivojlandi. Unda eksperiment natijalari asosida chiqarilgan xulosalar qat’iy holda matematika tilida bayon qilindi, aniqlangan aloqalar, o‘rnatilgan qonunlar faqat zaruriy aloqalar sifatida tavsiflandi, tasodif, ehtimollik kategoriyalarini hodisalarni, bilmasligimiz natijalari va, shuning uchun ham subyektiv xarakterga ega deb tushuntirildi. Moddiy obyektlarning o‘tmishdagi va kelajakdagi holati va harakatini aniq hisoblab bera oladigan bilimlargina haqiqat deb hisoblandi. Bilishning bunday bir taraflama yondashish orqali tasvirlanishi, tavsiflanishi, garchi u yangi davr ilmiy bilishi maqsadi va vazifalariga mos kelsa-da, keyinchalik murakkab hodisalarni, xususan, predmetlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, masalan, issiqlik, elektr hodisalarini, tushuntirishga ojizlik qildi, bilish metodlari, shakllari, tafakkur tarzini yaratishni zarur vazifaga aylantirdi. Bu tafakkur tarzi faqat qa’tiy aloqalarnigina emas, balki tasodifiy aloqalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni, ehtimollik, uning tabiatini tushuntirishi lozim edi. Qa’tiy determinizmga asoslangan tafakkur tarzining zaif tomonlarini, dastlab, termodinamika ko‘rsatdi. Borliqning yopiq sistema sifatida talqin qilinib, issiqlik tarqalishini klassik mexanika qonunlari asosida tushuntirishga bo‘lgan urinishi olamda “Issiqlik o‘limi” nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Uning xato ekanligini termodinamikaning ikkinchi qonuni tasdiqladi. Biologiyada esa Darvinning evolyutsiya ta’limoti paydo bo‘lib, u organik turlarning shakllanishi va rivojlanishida tasodifning muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Bu ilmiy natijalar bilish jarayoniga dialektik tafakkur tarzining kirib kelayotganiga guvohlik berar edi. U predmet va hodisalarni ularning taraqqiyotida, genetik, strukturaviy, funksional aloqalarida olib o‘rganishni, ya’ni borliqni uning barcha umumiy aloqalari majmuasida talab qilar edi. Bu yerda Kantning taraqqiyot g‘oyasini ilgari surishi, uni dastlab, quyosh sistemasining evolyutsiyasi, keyin bilish va ijtimoiy hodisalar rivoji misolida tushuntirishi va asoslanishning ilmiy va falsafiy fikr rivojida muhim bosqich bo‘lganini, dialektik tafakkur tarzining qaror topishiga xizmat qilganini alohida ta’kidlash zarur. Mazkur falsafiy uslubning ilmiy bilishdagi ehtimollikka asoslangan tafakkur tarzi bilan muvofiqligi yaxshi ma’lum. Bu ilmiy tafakkur tarzisiz hozirgi ilmiy tadqiqotlarni, ayniqsa, kvant mexanikasidagi ilmiy izlanishlarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sinergetika ehtimollikning hozirgi ilmiy bilishda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini sistemaning (sinergetika tilida tartiblanganlikning) xaosdan, tartibsizlikdan paydo bo‘lishi unda tasodifning (sinergetika tilida fluktatsiya’ning) struktura hosil qiluvchi omil sifatida yuzaga chiishi misolida asosladi. Ko‘rib turibmizki, borliq predmet va hodisalarini o‘rganishga ehtimollik nuqtai nazaridan yondashish va ehtimollik qonuniyatlarini o‘rnatish dialektik tafakkur tarzi sababiyatini mexanistik talqin qilishni, tabiatshunoslikda qat’iy determinizm mulohazaronligini faqat dialektikada, dialektik mantiqda ehtimollik, sababiyati zaruriyat kategoriyalarining o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqligini to‘g‘ri tushunish orqaligina bartarf etish mumkin edi va shunday bo‘ldi ham. Bunda, albatta, ehtimolli tafakkur tarzining shakllanishi, ilmiy bilishda mustahkam o‘ringa ega bo‘lishning determinizm, uning barcha kategoriyalarining, xususan, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqealik, mohiyat va hodisani yangicha falsafiy mazmun bilan boyitganini, ularning falsafiy–metodologik funksiyalarini qayta anglashga olib kelganligini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Qayd etib o‘tilgan determinizm kategoriyalari ehtimolli tafakkur tarzining kategorial strukturasiga kiradi va unda muhim metodologik ahamiyat kasb etdi. Buni biologiyada organik turlarni tushuntirish misolida anglashimiz mumkin. Darvinga qadar organik turlarning mavjudligi zaruriy hol deb hisoblanar, unda tasodifga o‘rin yo‘q deb qaralar edi. Masalan, botanik olim Linney o‘simliklar turlarini aniqlash va oddiy klassifikatsiya qilish bilan cheklanar edi; u turlarning kelib chiqish, deterministik aloqalari masalasi ustida jiddiy tadqiqotlar olib bormadi, mavjud faktni qayd etishva tizimlashtirish bilan cheklandi, xolos. Darvinning evolyutsiya ta’limoti va keyingi ilmiy tadqiqotlarda “tasodif”, “ehtimollik” tushunchalari muammoni hal etishning samarali konseptual vositalariga aylandi va bu bilan tabiatda nafaqat dinamik qonuniyatlar, balki statik qonunlarning ham obyektiv tarzda mavjudligini tasdiqladi, mos ravishda ehtimolli tafakkur tarzi statik tafakkur tarzi deb ham atala boshladi. Ehtimolli yoki statik tafakkur tarzining ustunligi, unda imkoniyat va voqelik kategoriyalarning tutgan o‘rni va ahamiyati kvant mexanikasida o‘zining aniq ifodasini topdi. V.A.Barashevskiyning fikricha, bunda ehtimollik nuqtai nazaridan baholash predmeti bo‘lib shunchaki imkoniyat o‘z holicha emas, balki unga mos ehtimol kategoriyasi orqali hodisalar ehtimolligining voqelikka aylanishi me’yorini tushuntirish hisoblanadi. Bu kvant nazariyasi darajasida ehtimollikning yangi kategorial aloqalarini ochib beradi degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi: bir tomondan, u (ehtimollik – M.Sh.) imkoniyatning voqelikka aylanishi ko‘rsatkichi sifatida, ikkinchi tomondan, real imkoniyat tarzida baholangan borliq tasnifi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Buning natijasida butunisiga ehtimolli tafakkur tarzi mantiqiy strukrurasi kategoriyalari o‘zaro munosabatining: imkoniyat – ehtimollik – borliqning mazmunan boyishi sodir bo‘ladi. Ana shunga binoan ilmiy tafakkurda hissiy mavjudlikni qayd etishdan potensial imkoniyatni o‘rganishga o‘tish, reallikni reallashgan imkoniyat sifatida olib qarash sodir bo‘ladikim, bu ehtimolli tafakkur tarzining muhim o‘ziga xosligini tashkil etadi”130. Ehtimollik tafakkur tarzining o‘ziga xosligi, hazirgi ilmiy bilishdagi samaradorligi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, dialektik mantiqda turli davrlardagi tafakkur tarzining o‘zaro vorisiylik aloqalarida mavjud ekanligini ham yodda tutishimiz lozim. Xususan, ehtimolli tafakkur tarzi qa’tiy determinizmga asoslangan tafakkur tarzini butunlay inkor etmaydi, aksincha, amal qilish sohasini aniqlashtirgan holda, u bilan bo‘lgan vorisiylik aloqasini saqlab qoladi. Bu yerda I.Prigojin, I.Stengerslarning fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Bugungi kunda, maydon nazariyasi, nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratilganidan keyin Nyuton olgan natijalar sintezi qanday ahamiyatga ega deb so‘rash o‘rinlidir. Bu murakkab masala, unga yana qaytamiz. Avvallari tabiat “komfortabel va muvofiqlikda” degan fikr bizga yaxshi ma’lum. Mikroskopik darajadagi tadqiqotlarda klassik mexanika qonunlari o‘z o‘rnini kvant mexanikasi qonunlariga bo‘shatdi. Xuddi shuningdek, tabiatni to‘laligicha o‘rganishda Nyuton fizikasi o‘rniga relyativistik fizika keldi”131
Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling