Xulosa chiqarish nazariyasi:sillogizm, induksiya, analogiya
Nasiriddin Tusiyning xulosa chiqarish nazariyasi keng qamrovligi bilan ajralib turadi. U ham xulosa chiqarishning uch turini ko‘rsatadi:
Orttirilgan umumiy holatdan xususiy holatga erishish uchun o‘tish (bunda birlashtiruvchi sillogizmlar sinfi hosil qilinadi).
Yerishilgan xususiy holatlardan umumiy holatlarga o‘tish (induksiya).
Bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, ulardan biri boshqasida mavjud bo‘lmaydi va ulardan uchinchi bir holat kelib chiqadi (analogiya).
Sillogizm (qiyos) muqaddima (xulosa asoslari) va natija (xulosa)dan tashkil topadi. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik zaruriy bo‘ladi. Agar sillogizm chin bo‘lsa, uning xulosasi ham chin bo‘ladi, xulosa yolg‘on bo‘lsa, sillogizm ham yolg‘on bo‘ladi.
Sillogizm to‘zilishiga ko‘ra, oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy sillogizmlar birlashtiruvchi va istisno qiluvchi bo‘ladi. Birlashtiruvchi sillogizm uch ko‘rinishda bo‘ladi:
Asoslari faqat qat’iy mulohaza bo‘lgan.
Asoslari faqat implikativ va diz’yunktiv mulohaza bo‘lgan.
Asoslari qat’iy va implikativ yoki qat’iy va diz’yunktiv mulohaza bo‘lgan.
Nasiriddin Tusiyda sillogizm tarkibiy qismlari Aristotel va Ibn Sinodagi kabi ta’riflanadi. U sillogizmning 4ta figurasini tahlil qiladi. Tusiyning deduktiv nazariyasi formallashganligi bilan ajralib turadi. U sillogizm terminlarini simvollar orqali ifodalaydi:
S – kichik termin – arabcha S harfi bilan
P – katta termin – arabcha A harfi bilan
M – o‘rta termin – arabcha V (B) harfi bilan
Unda ham kichik asos birinchi, katta asos ikkinchi o‘rinda keladi va sillogizm figuralari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
I figura II figura III figura IV figura
S–V V–S S–V V–S
V–A V–A A–V A–V
S– A S–A S–A S–A
U I figurani mukammal deb biladi. Umumiy xulosa juz’iydan, tasdiq xulosa inkordan avzalroq deydi. Tusiy nomukammal sillogizmlarning xulosasini tasdiqlashda Forobiy va Ibn Sino kabi 4 usulni ko‘rsatadi:
Bema’nilikka olib kelish.
Asoslarni aylantirish.
Asoslarning o‘rnini almashtirish.
Faraz.
Tusiy sillogizm figuralarining umumiy qoidalarini ta’riflab beradi:
Ikki inkor mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Ikki juz’iy mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Kichik asos inkor mulohaza, katta asos juz’iy mulohaza bo‘lsa, ularning birikishi sillogizm bo‘lmaydi.
Xulosa o‘zining miqdor va sifatiga ko‘ra hamma vaqt asoslarga bog‘liq bo‘ladi.
Nasiriddin Tusiy har bir figuraning maxsus qoidalarini ham ta’riflab beradi, bu qoidalar Aristotel, Forobiy va Ibn Sinolardagi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |