I. Faqat implikativ mulohazalardan tashkil topgan.
II. Faqat dizyun’ktiv mulohazalardan tashkil topgan.
III. 1. Implikativ va qat’iy mulohazalardan tashkil topgan.
2. Dizyun’ktiv va qat’iy mulohazalardan tashkil topgan.
3. Implikativ va dizyun’ktiv mulohazalardan tashkil topgan.
Tusiy faqat implikativ mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish ham sillogizmning 4ta figurasi ko‘rinishida bo‘lishini ta’kidlaydi. Masalan:
Ifigura
Hamma vaqt A-V bo‘lganda, S-D bo‘ladi.
Hamma vaqt S-D bo‘lganda, X-Z bo‘ladi.
Hamma vaqt A-V bo‘lganda, X-Z bo‘ladi.
II figura
Hamma vaqt A-V bo‘lganda, S-D bo‘ladi.
Hech qachon X-Z bo‘lganda, S-D bo‘lmaydi.
A-V bo‘lganda, X-Z hech qachon bo‘lmaydi.
III figura
Hamma vaqt A-V bo‘lganda, S-D bo‘ladi.
Har safar A-V bo‘lsa, X-Z bo‘ladi.
S-D bo‘lganda, X-Z bo‘ladi.
IV figura
Hamma vaqt A-V bo‘lganda, S-D bo‘ladi.
Hamma vaqt X-Z bo‘lgandi, A-V bo‘ladi.
S-D bo‘lganda, X-Z bo‘ladi.
Nasiriddin Tusiyning ta’kidlashicha, faqat dizyun’ktiv mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish sillogizm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Ayiruvchi (dizyunktiv) xulosa chiqarish har ikki asosi ayiruvchi mulohazadan iborat bo‘lgan, asoslardan biri ayiruvchi, boshqasi qat’iy bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Asoslardan biri ayiruvchi, boshqasi qat’iy bo‘lgan turi asoslari tasdiq mulohaza bo‘lgan yoki biri tasdiq, boshqasi inkor bo‘lgan ko‘rinishlarga ega. Tusiy bunday xulosa chiqarishda qat’iy mulohaza ayiruvchi mulohazaning bir qismi bilan bog‘lanadi deb ta’kidlaydi. Tusiyning bu tasnifi formal mantiqdagi sof ayiruvchi va ayiruvchi qat’iy xulosa chiqarishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |