Mazmuniga ko‘ra xatolar 7 turga bo‘linadi:
Dastlabki istalgan holatga qaytish.
Modalligiga ko‘ra xato.
Sillogizmni soxtalashtrish.
Shartsiz va shartli predikatni farqlamaslik oqibatidagi xato.
Bir so‘zni 2 xil ma’noda ishlatish oqibatidagi xato.
Muhim va nomuhim belgilarni almashtirish oqibatidagi xato.
Bir necha savolni bir savolga jamlash oqibatidagi xato.
Yuqorida qayd etilgan xatolarning kelib chiqish sabablarini bilish ularning oldini olishga yordam beradi.
Yakuniy xulosalar:
Tusiy mantiq fanining asosiy tadqiqot obyektini xulosa bilan deb biladi.
Mantiqqa oid asarlari tuzilishi va formallashgan tili bilan o‘tmishdoshlarinikidan farq qiladi.
Tushunchani so‘z va belgi o‘rtasidagi munosabat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Mulohaza to‘g‘risidagi ta’limotida Ibn Sinoning fikrlarini aniqlashtiradi.
Xulosa chiqarishning hozirgi formal mantiqda o‘rganiladigan barcha turlarini tahlil qiladi.
Xulosa chiqarish va isbotlash uchun asos bo‘luvchi bilimlarning doirasini kengaytirdi.
Isbotlashning qoidalariga aniqlik kiritdi.
Mantiqiy xatolarni yangicha tahlil qildi.
Takrorlash uchun savollar
1.Nasiriddin Tusiy mantiqqa oid qanday asarlar yozgan?
2. Mantiq faniga qanday ta’rif bergan?
3. Modal mulohazaning qanday turlarini ko‘rsatgan?
4. Boshlang‘ich bilimlarning qanday turlarini ko‘rsatgan?
5. Xulosa chiqarishning qanday turlarini ko‘rsatgan?
6. Mantiqiy xatolarning qanday turlarini ko‘rsatgan?
Sa’duddin Mas’ud Taftazoniyning mantiqiy qarashlari
XIV-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa’didin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq sa’nati va mantiq bilan shug‘ullandi. Taftazoniy mad-
rasalarda mudarisslik qildi. Turkiston, Xirot, Jom, Gijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniyning shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: "Taxzib al-mantiq val-kalom" ("Mantiq va kalomga sayqal berish") "Muxtasar al-maoniy"(Ritorikaga oid "Qisqacha ma’nolar"),"Al-irshod al-xodiy" (Arab tili gammatikasiga oid "Yoʻl boshlovchi rahbar") va boshqalar219. Taftazoniy o‘tmish olimlarining juda ko‘p asarlariga sharh ham bitgan.
Alloma sabab va oqibat, iroda erkinlikgi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida o‘z fikrini bayon qilgan. Masalan, u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini e’tirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga to‘xtalib, har qanday ezgu ishlar xudo mohiyatidan kelib chiqadi, Xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni ko‘proq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunox ishlardan qochishga da’vat etadi, deb aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |