O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet233/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Istisno qiluvchi sillogizm

Nasiriddin Tusiyning ta’rifiga ko‘ra, asoslari xulosani yoki xulosaga zid bo‘lganni ifodalagan sillogizm istisno qiluvchi sillogizmdir. Istisno qiluvchi sillogizm ikki asosdan tashkil topadi: biri shartli, boshqasi istisno qiluvchi mulohaza. Istisno qiluvchi mulohaza qat’iy mulohaza bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarishda shartli mulohaza tarkibidagi yo antetsedent yo konsekvent istisno qilinadi. Masalan:

Agar Zayd yozayotgan bo‘lsa, unda u uyg‘oq.

U yozmayapti.

Demak, u uyg‘oq emas.

Agar Zayd yozayotgan bo‘lsa, unda u uyg‘oq.

U uyg‘oq emas.

Demak, u yozmayapti.

Nasiriddin Tusi entimema, polisillogizmlarni ham tahlil qiladi.

U tenglikdan xulosa chiqarishni tahlil qilib, uni murakkab xulosa chiqarish deb ko‘rsatadi. Tusiyda aylanma (doirasimon) va aylantirilgan sillogizmlar ajratib ko‘rsatiladi. Aylanma (doirasimon) sillogizm deb, xulosasi uning aylantirilgan asosi bilan qo‘shilgan, boshqa asosi esa xulosa o‘rnini egallagan sillogizmga aytiladi. Aylantirilgan sillogizm deb, xulosa va asosga zid bo‘lgan mulohazadan tashkil topgan sillogizmga aytiladi. Tusiy ham Ibn Sino kabi zidlik sillogizmi haqida fikr yuritadi. Istalgan holatni unga zid bo‘lgan holatni rad etish orqali isbotlash zidlik sillogizmi deb ataladi.

Nasiriddin Tusiy induksiya va analogiya’ni sillogizm bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqadi. U ham to‘liq va to‘liq bo‘lmagan induksiya’ni ajratadi. Analogiya isbotlash shakli bo‘lolmaydi, u taxminiy bilim beradi. Induksiya esa tajriba natijalarini umumlashtirgani uchun bilim olishda foydaliroqdir.

Tusiyning xulosa chiqarish nazariyasini yakunlab, aytish mumkinki u Ibn Sino ta’limotini yanada to‘ldiradi.



Nasiriddin Tusiyning mantiqiy ta’limotida ham isbotlash deduktiv xarakterga ega. Uning ta’kidlashicha, isbotlovchi sillogizm deb, shunday sillogizmga aytiladiki, uning terminlari mazmuniga ko‘ra, voqelikka to‘liq mos kelgan tushunchalardan iborat bo‘ladi va ishonchli asoslardan tashkil topadi. Har qanday vositali hosil qilingan bilim o‘zidan avvalgi, ya’ni boshlang‘ich bilimlarga asoslanadi. Tusiyda boshlang‘ich bilimlar 16 ta.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling